Radun Iosif Veniaminovich
Radun Iosif Veniaminovich (1911.31.7, Melitopol shahri — 1988) rejissyor, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1965). Moskva teatr san’ati institutini tugatgan (1939). Toshkent yosh tomoshabinlar teatrida bosh rejissyor (1947-48), ayni vaqtda rus akademik drama teatrida (1945-46) rejissyor 1945 yildan Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida kafedra mudiri, dotsent (1948 yildan). O’zbekiston teatrlarida ko’pgina spektakllar [«Vanya tog’a» (A. Chexov), «Shoh Edip» (Sofokl), «Revizor» (N. Gogol), «Otello» (U. Shekspir), «Qo’zibuloq qishlog’i» (Lope de Vega), «Uch bahodir» (T. Sobirov), «kimga to’y, kimga aza» (N. Safarov), «Zarafshon qizi» (D. Fayziy) va boshqalar] sahnalashtirib, o’zbek teatri san’ati rivojiga munosib hissa qo’shdi.