Magniy perxlorat
Magniy perxlorat, Mg (C1O4)2 rangsiz kristall modda; juda gigroskopik. Zichligi 2,614 g/sm3. Suvda (100 g da 99,6 g) va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Massa jihatidan 43,5 dan 65,3% gacha kontsentrasiyali suvli eritmalaridan — 67 dan 136° gacha temperatura oralig’ida geksagidrat Mg (SYU4)2’6N2O (suyuqlanish temperaturasi 243°) ko’rinishida kristallanadi. Magniy perxloratning 2 va 4 molekula suvli kristallogidratlari ham mavjud. Suvsizlantirilgan Magniy perxlorat — angidron SO2, so, SO2, H2S, O2, N2 va boshqa gazlarni quritishda ishlatiladi. Magniy perxlorat nafaqat suvni, balki NH3, spirt, atseton, dioksan, piridin, atsetonitril va boshqa moddalarning bug’larini ham o’ziga biriktira oladi.