«Malikai Husnobod»
«Malikai Husnobod» – o’zbek xalq, ertaklaridan. «Malikai Xubon», «Malikai Jahon», «Donoxon», «Etim qiz» kabi ertaklar «Malikai Husnobod»ning variantlaridir. Bu asarlarning bosh qahramoni ayol bo’lib, unda go’zallik, mardlik, vafodorlik xislatlari mujassamlashgan. «Malikai Husnobod» syujeti ijtimoiy konflikt asosiga qurilgan. Xalqning ozod o’lka va Baxtiyor hayot haqidagi orzu-umidlari ertak g’oyasini tashkil etadi. H. Olimjonning «Oygul va Baxtiyor» dostoni shu ertak asosida yozilgan.