Shan
Shan (o’zlarini — TXAY Nyu deb ataydilar) — Myanmaning shimoli sharqi (2,85 million kishi), Tailand va Laosdagi Tai guruhiga mansub xalq. Umumiy soni 2,93 million kishi (1987). Dindorlari, asosan, buddaviylar. Shanlarning ajdodlari Hindixitoyda miloddan avvalgi 1-ming yillik oxiri — milodiy 1-ming yillik boshida paydo bo’lishgan. 7-asrda ular ilk o’rta asr Muanmau davlatini barpo etishgan. Bu davlat 16-asrda parchalanib ketgan. 1947 yil Shanlar muxtoriyat huquqini olganlar (milliy Shan davlati). An’anaviy mashg’uloti — dehqonchilik, chorvachilik, baliq ovlash; hunarmandchilik taraqqiy etgan.