Shalli (Schally) Endryu Viktor
Shalli (Schally) Endryu Viktor (1926.30.11) — amerikalik tibbiyot xodimi (medik). Kanadadagi Makchill universitetini tugatgan (1955). 1949-52 yil Londondagi tibbiy tadqiqotlar Milliy institutida Biokimyodan assistent; 1952-57 yil Makchill universiteti psixiatriya bo’limida ishlagan (Monreal, Kvebek). 1957 yildan AQShda. 1957-62 yillarda Xyustondagi Beyler universiteti tibbiyot kollejida fiziologiya va biokimyo bo’yicha professor yordamchisi. 1962 yildan Nyuorleandagi gospitalda polipeptid va endokrinologiya laboratoriya rahbari. Ilmiy faoliyati gipotalamik rilizinggormonlarini o’rganish va amaliyotga tatbiq etishga oid. Nobel mukofoti laureati (1977, R. Giymen va R.S. Yalou bilan hamkorlikda).