Shanba

Shanba (forscha) — Grigoriy kalendari bo’yicha haftaning jumadan keyingi, yakshanbadan oldingi kuni. Islomdan ilgari arablarda Shanba dastlab muqaddas kun sanalgan. Islom dinida juma ibodat va dam olish kuni deb qabul qilingach, Shanba haftaning boshlanish kuni bo’lib qolgan. Boshqa kunlar shunga muvofiq ravishda nomlangan. Masalan, yakshanba — birinchi kun, dushanba — ikkinchi kun, seshanba — uchinchi kun, chorshanba — to’rtinchi kun, payshanba — beshinchi kun. Qadimgi yahudiylar an’anasida Shanba kuni muqaddas kun hisoblanadi. Ruslardagi «subbota» so’zi yahudiylarning «shabbot» (diniy bayram) so’zidan olingan.