Shamol kadastri

Shamol kadastri — shamol energetikasi resurslari (imkoniyatlari) ni hisobga olish tizimi; ma’lumotlar to’plami. Joylardagi (mahalliy) shamol tezliklari maromini ifodalovchi ob’yektiv ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Shamol kadastri ma’lumotlari shamol energetikasi sohasida bajariladigan hisoblashlar uchun asos bo’ladi. Shamol kadastrida mahalliy shamollarnchng oniy va o’rtacha tezliklari, takrorlanuvchanligi, yuz beradigan sukunat (shtil) davomiyligi va boshqalar to’g’risidagi ma’lumotlar jadval yoki grafik shaklida beriladi. Bu jadval va grafiklarni tayyorlashda meteorologiya stansiyalarining ko’p yillik kuzatishlari materiallaridan foydalaniladi. O’zbekistonda bunday kuzatishlar gidrometeorologiya xizmati tomonidan olib boriladi (O’zbekistonda 47 ta meteorologiya stansiyasi mavjud; 2005).