Shamol elektr stantsiyasi
Shamol elektr stantsiyasi (Shes) — shamol oqimining kinetic energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi kurilma. Shamol dvigateli, elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini boshkaruvchi avtomatik qurilma xamda ular o’rnatiladigan inshootlardan iborat. Shamol elektr stantsiyasidan, ko’pincha, shamol oqimining o’rtacha yillik tezligi yuqori (5 m/sekunddan katta) bo’lgan va markazlashtirilgan elektr ta’minot tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda (masalan, O’rta Osiyoda — dasht, cho’l va chala chullarda) elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi. Shamol elektr stantsiyasida 8 kVt dan 1,2 MVt gacha quvvatli elektr energiyasi hosil qilish mumkin.