Shayx Xovandi Tohur majmuasi

Shayx Xovandi Tohur majmuasi — Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (15— 19-asrlar). Shayx Xovandi Tohur maqbarasi (19-asrda ko’hna poydevori ustiga qayta qurilgan), ziyoratxona va go’rxonadan iborat. Bezaksiz, ichki devorlari chuqur ravoqli, darchalariga koshinkori panjaralar o’rnatilgan; xonalar gumbazlar bilan yopilgan, go’rxonaning qo’shqavatli gumbazi 12 qirrali asosga o’rnatilgan. Keyinroq atrofiga chillaxona, Yunusxon maqbarasi (15-asr) qurilgan. Uch masjid binosi, minora, Eshon quli dodho madrasasi saqlanmagan.