Shtativ

Shtativ (lotincha tik turuvchi, qo’zg’almas) — foto yoki kinosuratga olish paytida fotoapparat va kinoapparatni; geodezik, astronomik va boshqalar asboblarni ishlatish paytida o’rnatib qo’yiladigan qurilma. Eng keng tarqalgan Shtativ metall yoki yog’ochdan yasaladigan uch oyoqli Kerma qurilma. Unda asboblarni o’rnatish va mahkamlash moslamalari bo’ladi, uni past-baland qilib qo’yish mumkin. Kichikroq qo’l kinoapparatlarida kinosuratga olish uchun operatorning yelkasiga kiydirilganda yelka Shtativlari ham bor. Fotoapparatni stul suyanchig’iga, stol chetiga va boshqalar tik turadigan mustahkam narsalarga mahkamlash uchun mo’ljallangan moslama (strubtsina) ham Shtativ vazifasini o’taydi.