Shukurov Abdug’ofir

Shukurov Abdug’ofir (1918, Qashqadaryo viloyati kitob shahri) — sehrli ertaklar ijrochisi. 2-jahon urushi qatnashchisi. Shukurov ertak aytishni, o’z repertuaridagi 50 dan ortiq ertak, nakd va afsonalarni momosi — tansiq momo Rahmatillo qizi va onasi — Saodat Ibrohim qizidan o’rgangan. «Rustamzod va Sherzod», «Doro podsho va Iskandarbek», «kulsa — gul, yig’lasa — dur», «qora mushkul ot», «Shamshirboz» va boshqalar Shukurov ijro etgan ertaklar Z.Husainova va B.Sarimsoqovlar tomonidan alohida kitob holida («kulsa — gul, yig’lasa — dur», 1983) nashr etilgan.