Shchusev Aleksey Viktorovich
Shchusev Aleksey Viktorovich [1873.26.9(8.10), Kishinyov 1949.24.5, Moskva] — rus me’mori, akademik (1943). Peterburg Badiiy Akademiyasida ta’lim olgan (1891-97). Shchusev faoliyatida rus me’morligi an’analariga va neoklassisizmga murojaat etib, o’ziga xos me’morlik uslubi yaratishga intilgan (masalan, Moskvadagi Qozon vokzali majmui, 1914 yilda boshlanib — 1941 yilda tugallangan). 1918-25 yillarda «yangi Moskva» loyihasi me’mori, Tretyakov galereyasi direktori (1926-29). Toshkentdagi Navoiy teatri binosi Shchusev loyihasi asosida qurilgan (1947 yil, xalq ustalari bilan hamkorliqda). 2-jahon urushida vayron bo’lgan shaharlar (Istra, Novgorod, Kishinyov)ni tiklashda loyihalari bilan qatnashgan.