Shchedrin Rodion Konstantinovich

Shchedrin Rodion Konstantinovich (1932.16.12, Moskva) — rus kompozitori, pianinochi, musiqa jamoat arbobi. Xalq artisti (1981). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1955). Rossiya kompozitorlar uyushmasi raisi (1973-90). Ijodida rus musiqa folklori («faqat sevgi emas» operasi, 1961; «bukri toychoq» baleti, 1960; «jarang» orkestr uchun kontserti, 1968 va boshqalar), rus cherkov aytimlari («tasvirlangan farishta» liturgiyasi, 1991) va boshqalar ga keng murojaat qilib, ularni zamonaviy kompozitsiya texnikasi (aleatorika, sonorizm va boshqalar) bilan uyg’unlashtirgan. «Lolita» (1993) operasi, «Karmensyuita» (J. Bizening operasi asosida, 1967), «Anna Karenina» (1972), «Chayka» (1980), «laycha etaklagan xonim» (1985) baletlari (hammasi M.Gg’liseskaya uchun yaratilgan), 5 fortepiano (1954-99), 4 orkestr (1960-89), skripka, Alt, violonchel, truba uchun kontsertlari (1994-97), kamer va xor asarlari, kinofilmlar («balandlik», «Normandiyaneman» va boshqalar) uchun yozgan musiqalari mashhur. Yirik asarlariga ulug’vorlik va teran fojiaviylik, shoironalik va jo’shqinlik, sho’x yumor va o’tkir hajviya xos. Davlat (1972), Rossiya Davlat mukofot (1992)lari laureati. O’zbekistonda «Karmensyuita» va «Anna Karenina» baletlari Navoiy teatrida sahnalashtirilgan, kontsert va kamer asarlari muntazam ijro etilmoqda.