Shumg’iya, shumgiyoh
Shumg’iya, shumgiyoh — shumg’iyadoshlar oilasiga mansub bir yoki ko’p yillik xlorofillsiz tekinxo’r o’simliklar turkumi. Mo’tadil va subtropik mintaqalarda 150 dan ortiq turi tarqalgan. O’rta Osiyoda 7 dan ortiq turi — kungaboqar Shumg’iyasi, sershox Shumg’iya, karam Shumg’iyasi, Misr Shumg’iyasi va boshqalar sabzavot va poliz ekinlari, kungaboqar, kartoshka, pomidor va boshqalar ekinlar dalalarida o’sadi. Poyasi ochqo’ng’ir, sariqpushti yoki ko’kimtir etli, bo’yi 50 santimetrgacha. Ildizi kalta etli to’qima (gaustoriy) ga aylangan. Gullari ro’vaksimon to’pgulga yig’ilgan, chetdan changlanadi, mevasi ko’p urug’li ko’sakcha. Shamol va suv orqali tarqalib, 15 yildan keyin ham unib chiqishi mumkin. Har bir turi bir xil o’simlik turida tekinxo’rlik qiladi. Poliz ekinlari, kungaboqar, pomidor, tamaki va boshqalar o’simliklarga katta zarar yetkazadi. Shumg’iya o’simliklar ildiziga so’rg’ichlari bilan yopishib oladi va undan suv, oziq moddadarni so’radi. Natijada o’simlik kuchsizlanadi, mevasining ta’mi yomonlashadi, hosiddorlik 50-70% ga kamayadi yoki o’simlik nrbud bo’ladi. Kurash choralari: Shumg’iya urug’i pishmasdan oldin o’tab tashlanadi, gerbitsidlar sepiladi, biologik kurash usulida lichinkasi Shumg’iya urug’i bilan oziqlanadigan fitomiza pashshasidan foydalaniladi.