Shoh Fozil maqbarasi

Shoh Fozil maqbarasi – Qirg’iziston Respublikasi Jalolobod viloyatidagi me’moriy yodgorlik (taxminan12-asr). Maqbara peshtoqgumbazli (umumiy balandligi 15,37 metr), murabba tarhli (7,85×7,85 metr) 1 xonadan iborat; pishiq g’ishtdan ishlangan. Maqbara gumbazi 8 qirrali asosga o’rnatilgan. Bezaklarida ganch o’ymakorligida ishlangan handasiy, islimiy naqshlar, kufiy yozuvli kitobalar bilan birga chizma usulida ishlangan naqshlar ham uchraydi.