Shokli Uilyam Bredford
Shokli Uilyam Bredford (1910.13.2, London 1989) amerikalik fizik. AQSh milliy Fanla Akademiyasi a’zosi (1951 yildan). Kaliforniya texnologiya institutini tugatgan (1932), «Bell telefon» firmasi xodimi (1936-54). AQSh mudofaa vazirligida ishlagan (1942— 45). Yarimo’tkazgichlar laboratoriya direktori, «shoklitranzistor» firmasining Prezidenti va direktori (1955 yildan). Stanford universiteti professor (1963-75). Asosiy ilmiy ishlari qattiq jism fizikasi (yarimo’tkazgichlar fizikasi, ferromagnetizm, metallar plastikligi, dislokatsiya nazariyasi va boshqalar) ga oid. Tranzistor effektini ochgan (1948). Nobel mukofoti laureati (1956; J.Bardin va U.Bratteyn bilan hamkorlikda).