Shotara
Shotara — ko’knordoshlarga mansub bir yillik begona o’t. Poyasi tik o’sadi, sershox, bo’yi 10-30 santimetr. Barglari ketma-ket joylashgan, ikki marta patsimon ajralgan, uzun bandli. Gullari pushti, uchlari binafsha rangli shingil to’pgulga yig’ilgan. Mevasi sharsimon bir urug’li yong’oqcha. Ildizi — o’qildiz. Aprel—iyulda gullab uruglaydi. Maysalari kech kuzda, erta bahorda paydo bo’ladi. O’rta Osiyoda tarqalgan. Begona o’t sifatida lalmi va sug’oriladigan don ekinlari orasida, paxta dalalarida o’sadi. Shuningdek, tashlandiq yerlar, turar joylar, yo’l, ariq yoqalari, ekinzor chekkalari, xiyobonlar, bog’va uzumzorlarda uchraydi. Kurash choralari: ang’izni yumshatish, yerni chuqur haydash, begona o’tlarni gullashigacha o’rish va boshqalar.