Shox
Shox — 1) daraxtlarning tanasidan chiqqan o’simtasi; 2) ko’pchilik tuyoqli sut emizuvchilar boshidagi qattiq o’simta, erkak hayvonlarda urg’ochilarini talashib urishganda qurol fazifasini bajaradi. qadimiy qazilma sudralib yuruvchilar (masalan, dinozavrlar) da ham Shox bo’lgan. Karkidonlarning 1 yoki 2 ta toq Shoxi muguzlangan epidermisning konussimon o’simtasi, ya’ni burun yoki peshona suyagi bo’rtmasida joylashgan teridan hosil bo’ladi. Boshqa tuyoqlilarning juft Shoxi peshona suyagi bilan qo’shilib o’sgan o’q sterjenga ega. Quvushshoxlilar Shoxning o’q sterjeni sirtdan g’ovak g’ilof bilan qoplangan, hayoti davomida o’sadi; Jiraflar Shoxi Yung bilan qoplangan, yumshoq teri g’ilof ichida joylashgan; bug’ular Shoxi faqat yosh davrida yumshoq teri bilan qoplangan, keyinchalik teri tushib ketadi. Bug’ularda ko’pincha erkagida (shimoliy bug’ularida urg’ochilarida ham) Shox bo’ladi; erkak bug’uning Shoxi almashinib turadi. Yosh o’tgan sayin bug’ular Shoxi kattalashib shoxlanadi. Shoxning muguz g’ilofidan har xil ziynat buyumlari, suyak qismidan suyak yog’i, suyak uni, yelim olishda foydalaniladi.