Shponka

Shponka (polyakcha zgropka, nem. pona, qistirma) — 1) mashina va mexanizmlarda val (o’q)ni unga kiydirilgan detal (shkiv, shesternya va boshqalar) bilan biriktirish uchun mo’ljallangan detal. Shkiv, tishli g’ildirak (shesternya) va boshqalar gupchagidagi hamda vallar tanasidagi o’yiqlarga qo’yiladi. Prizmatik, ponasimon, segment shaklli xillari bor. Shponkadan foydalanib hosil qilingan birikma shpon kali birikma deb ataladi; 2) yog’och konstruktsiya elementlarini bir-biriga biriktiruvchi siljitish kuchiga to’sqinlik qiluvchi detal; 3) gidrotexnika inshootlari choklarini zichlovchi qistirma. Gidroizolyasiya materiali (bitum) dan qilinadi.