Shtern Otto

Shtern Otto (1888.17.2, Zorau — 1969.17.8, Berkli) — nemis tadqiqotchi fizigi. Breslavl universitetini tugatgan (1912). Syurix politexnikumida (1913-14) va Frankfurt universitetida (1914— 21) ishlagan. Rostok (192122) va Gamburg (1923-33) universitetlari professor, Pittsburg (1933-45) va Berklidagi (AQSh) texnologik instituti professor (1946 yildan). Ilmiy ishlari molekulyar fizika, atom va yadro fizikasi, kvant nazariyasiga oid. Jahonda birinchi bo’lib gaz molekulalarining tezligini o’lchadi (1920). Nemis fizigi V. Gerlax bilan hamkorlikda atom magnit momenti mavjudligini isbotladi (1922). Nemis fizigi R. Frish bilan birga vodorod molekulasida proton magnit momentini aniqladi (1933). Nobel mukofoti laureati (1943).