Xordalilar

Xordalilar (Chordata) — ikkilamchi og’izli hayvonlar tipi. O’q skeleta — xorda ichak ustida joylashgan. Ko’pchilik Xordalilar hayoti davomida xorda ustida joylashgan nerv nayi saqlanib qoladi. Keyinchalik nerv nayidan bosh miya va orqa miya hosil bo’ladi. Suvda yashovchi Xordalilar xalqumi devoridagi juft jabra yoriqlari hayot davomida saqlanadi. Quruqlikda yashovchi o’pka bilan nafas oladigan Xordalilarda jabra yoriqlari ontogenezining boshlang’ich davrlarida bo’ladi. Yuragi 2-4 bo’lmali. Faqat tuban Xordalilar (lantsetniklar)da qorin tomiri kisqarish xususiyatiga ega. Gavdasining oldingi 3 ta bo’g’imlari bo’ylab o’tadigan segmentlar tuban Xordalilar va umurtqalilarning embrional rivojlanishi davrida yaxshi ko’zga tashlanadi. Tuban Xordalilar suzgich dumga (tananing anal teshigvdan keying qismi) ega. Xordalilar tipi bosh xordalilar, qobiqdilar va umurtqalilar kenja tipiga ajratiladi. 40000 ga yaqin turi (jumladan, 38000 umurtqali hayvonlar) ma’lum. Xordalilar hayvonot dunyosi sistemasida o’ziga xos o’ringa ega. Ammo Xordalilar jabra apparati ichak bilan nafas oluvchilar va ayrim qazilma ignaterililarga o’xshash bo’ladi; orqa nerv stvoli chalaxordalilar uchun ham xos.