Xonanda ovozi
Xonanda ovozi — odamning ovoz a’zolari yordamida musiqali tovushlarni hosil qilish qobiliyati. Musiqa uquvi rivoji natijasida bolalik davridan qaror topadi; olchtda, 13 yoshida yetilib, to’liq hajmi (1,5 oktava) ga erishadi. Ug’il bolalar Xonanda ovozi rastalik davridan keyin bir oktava pasayib yo’g’onlashadi, o’zgaradi, ba’zan xonandalik xususiyatlari ham yo’qoladi. Buni oldini olish maqsadida Italiyada 17— 18-a.larda eng yaxshi Xonanda ovoziga ega o’g’il bolalar ba’zan bichilgan. Xonanda ovozi xususiyatlari uning jarangdorligi, shiradorligi, uzok, sadolanishi va kuchliligiga bog’liq. Odatda, mashq qildirilmagan ovoz va professional Xonanda ovozi bo’ladi. Har bir Xonanda ovozi tabiiy xususiyatlarga qarab, operakontsert, kamer, estrada yoki an’anaviy mumtoz ashulalari ijrochiligiga muvofiqlashtirilib, tarbiyalanishi mumkin. Xonanda ovozi sadosining ravon, tekis yoki, aksincha, siqilib chiqishi ashulachilik usullariga ham boglik. Xonanda ovozi diapazoni bir nechta registrga ajratiladi. Turli registrdagi tovushlar har xil tembr va yangroqlikka ega. Masalan, erkaklar ovozining pastki diapazoni (ko’krak registri) shirali va kuchli yangraydi, baland tovushlar registri esa jarangli va quruqroq sadolanadi. Ayollar ovozi esa pastki tovushlar (ko’krak registri), Markaziy (o’rta balandlikdagi) va baland tovushlar registrlariga bo’linadi. Professional Xonanda ovozi diapazoni 2 oktavaga ega bo’lishi, registrlar o’rtasidagi tovushlar esa tekis sadolanishi kerak. Xonanda ovozi yo’g’on-ingichkaligiga va shiradorligiga qarab Yevropa xonandaligida 6 turga bo’linadi. Ayollar Xonanda ovozi — soprano, messosoprano va kontralto, erkaklar Xonanda ovozi — tenor, bariton va bas. Erkak ovozlaridan nisbatan baland va ochiqroq yangraydiganlari lirik, yo’g’on va quyuqroq eshitiladigan ovozlar dramatik turlarga ajratiladi (masalan, lirik tenor). O’zbek milliy xonandaligida tovushlar ko’lami keng, salobatli kuchga ega «nor ovoz», barcha pardalarda aniq eshitiladigan «jarangdor kuvrak ovoz», shuningdek, «tik ovoz», «Pang ovoz», «xasta ishkami ovoz» kabi tushunchalar qo’llaniladi. Xonanda ovozi sadosi, ko’pincha, so’z talaffuz etilishi bilan bog’liq. Ijrosida badiiy matnni tinglovchilarga ravshan qilib yetkazishda, xususan, unli tovushlarni aniq aytish va Xonanda ovozini nutq intonatsiyasi unsurlari bilan uzviy bog’lay olish muhim ahamiyatga ega. Ad.:Mamadaliev F., Milliy musiqa ijrochiligi masalalari, T., 2001.