Xloropren
Xloropren, 2-xlor butadien 1,3, SN2=SN SS1 = SN2 o’tkir hidli rangsiz suyuqlik; molekulyar modda 88,536. Suyuqlanish temperaturasi — 130°, qaynash temperaturasi 59,4°, zichligi 959 kg/m3 (20° da). Suvda erimaydi, organik erituvchilar bilan aralashadi. Mis xlorid va ammoniy xlorid ishtirokida 0-20° da vinilasetilenni gidroxlorlab olinadi. Zaharli; nerv sistemasiga ta’sir etadi, nafas yo’llarini yallig’lantiradi. Oson polimerlanadi, xlorpren kauchuklar ishlab chiqarishda qo’llanadi.