Xlorsulfon kislota

Xlorsulfon kislota, SO2 S1(on) — sulfat kislota monoxlorangidridi. Rangsiz suyuqlik; suyuklanish temperaturasi — 80°, qaynash temperaturasi 155° (parchalanadi), zichligi 1750 kg/m3. Xlorsulfon kislota juda faol, suv bilan shiddatli reaktsiyaga kirishib, sulfat va xlorid kislota hosil qiladi. Kuchli kislota. Vodorod xlorid bilan sulfat angidridning o’zaro ta’sirida hosil bo’ladi. Organik sintezda, bo’yagichlar, yuvuvchi vositalar va dori moddalari, tutun hosil kiluvchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi.