Xarratov Matyusuf
Xarratov Matyusuf (taxallusi Chokar) (1889, Xiva, shayxlar qishlog’i — 1952, Toshkent) — xonanda, sozanda (chang, tanbur), bastakor, shoir. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1944). Xarratov Matyoqubning o’g’li. Yoshligidan musiqachi va shoirlar muhitida o’sgan. Xorazmda birinchi musiqa maktabi tashkilotchisi va rahbari (Xiva, 1923-28), Samarqanddagi musiqa va xoreografiya institutida o’qituvchi (192832), O’zbekiston radiosi (Toshkent, 1935-37) va Navoiy teatri (1937-50)da sozanda. Moskvadagi o’zbek san’ati dekadasi qatnashchisi (1937). Xarratov qo’shiq («sevikli Vatan», «Bahodir yigitlar», «Ey mexribonim» va boshqalar), «Kolxoz marshi» kabi kuylar muallifi. Chang diapazonini kengaytirib (xromatik tovushqator tuzib), uni takomillashtirish ustida ishlagan (1935). B. Rahmonov bilan hamkorlikda «Xorazm musikiy tarixchasi» kitobini yozgan (M., 1925). Chokar taxallusi bilan yozgan she’rlari o’zi tuzgan qo’lyozma devon va turli bayozlarga kiritilgan, vaqgli matbuot va to’plamlarda nashr qilingan. She’rlari demokratik va ma’rifatparvarlik g’oyalari bilan sugorilgan. O’g’li Fozil Xarratov — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, zamonaviy chang ijrochilik maktabining asoschisi. As: She’rlar, T., 1974. Ad.: Olimboeva K., Ahmedov M., O’zbekiston xalq sozandalari, T., 1959.