Havo namligi

Havo namligi — havodagi suv bug’i miqdori. Ob-havo va iqlimning asosiy xususiyatlaridan biri. Quyidagi ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi: 1) havodagi suv bug’lari elastikligi e (partsial bosim) mm yoki MB da o’lchanadi; 2) mutlaq namlik; 1 g/sm3 hajmdagi havoda mavjud bo’lgan suv bug’lari miqdori; g/m bilan o’lchanadi; 3) nisbiy namlik g — havo tarkibidagi suv bug’i elastikligining xuddi shu temperaturadagi to’yingan suv bug’i elastikligiga nisbatini ifodalaydi, ya’ni g ~ u-100% ; % bilan ifodalanadi; 4) namlik etishmovchiligi A1 — ma’lum temperaturadagi to’yingan suv bug’i elastikligi E bilan havo tarkibidagi mavjud suv bug’i elastikligi e ayirmasiga teng, ya’ni a»= E—e; 5) shud-ring nuqtasi t — o’zgarmas bosimda havo tarkibidagi suv bug’larining to’yinguniga qadar sovitish uchun lozim bo’lgan temperatura.