Hazorbog’
Hazorbog’ — Surxondaryo viloyatidagi kanal. To’polondaryoning o’ng sohilidan boshlanadi. 1929-38-yillarda qurilgan. Ilgarigi uzunligi 36,5 kilometr, suv o’tkazish imkoniyati 18 m3/s. Keyingi rekonstruktsiyalar (1953-1967) natijasida kanalning suv o’tkazish imkoniyati 70 m3/s gacha oshirildi; uzunligi 56 kilometrga yetkazildi. 3-kilometrda bosh gidrouzeli bor. Kanal kamsuv To’polondaryo, Sangardak, Ho’jaipok daryolarini birlashtiradi. Hazorbog’ trassasi Janubiy-g’arbiy yo’nalishda ko’p mayda ariklarni kesib o’tadi. Denov va Sho’rchi tumanlaridagi 40 ming gektarga yaqin ekin maydonlarini sug’oradi. Hazorbog’ Defez suv ombori (sig’imi 12,8 million metr kub)ga suv beradi.