Hajmdor ip
Hajmdor ip — tabiiy va sun’iy to’qimachilik tolalaridan hajmiyroq va cho’ziluvchanroq qilib bo’shgina yigiriladigan (teksturlangan) ip. Bir necha yakka tolani qo’shib yigirish yo’li bilan hosil qilinadi. Oddiy to’qimachilik ipidan momiqroq strukturasi, katta solishtirma hajmi, buramadorligi, elastik cho’ziluvchanligi bilan farq qiladi. Iplarining tarkibi bo’yicha bir jinsli (masalan, paxta, jun, ipak, viskoza va boshqalar) va aralash (masalan, zigir atsetat-lavsan, viskozani burab yigirilgan) bo’lishi mumkin. Hajmdor ipdan havoni yaxshi o’tkazadigan, gigroskopikligi yuqori, osongina buklanuvchan gazlama va trikotajlar, paypoq, sun’iy mo’yna va boshqalar tayyorlanadi.