Haydarov Ahad Xoliqovich
Haydarov Ahad Xoliqovich (1911.20.4,Samarqand – 1971.11.11) — xirurg. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1968), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1950). Tibbiyot fanlari Doktori (1960), professor (1960). SamTIni tugatgach (1936), Buxoro viloyati Kiziltepa tuman kasalxonasida vrach (1936-37), Samarqand viloyati Urgut tuman kasalxonasida bosh vrach (1937-39), SamTI operativ xirurgiya kafedrasida assistant (1940— 41), urush qatnashchisi (1941— 45), SamTI gospital xirurgiya kafedrasida assistent (1946-50), umumiy xirurgiya klinikasida dotsent (1950-55). Samti gospital xirurgiya kafedrasi mudiri (1958-71). Ilmiy ishlari aortaning koarktasiyasiga va kuyishni operatsiya yo’li bilan davolashga oid.