Halqa
Halqa — zargarlik buyumi; O’zbekiston hududida keng tarqalgan isirga turi. Halqa oltin yoki kumush simlan aylana shaklida ishlanadi. Amaliy bezak san’atida ko’pincha Halqaning quyi qismi rang-barang qilib bezatiladi, 2 tarafiga zig’irak va naychalar ishlanadi. Eng sodda Halqa panjarali qilib bezatiladi, ba’zan panjaraga zig’irak, murakkablarida marjon, durlar qadaladi; bir xil yoki turli uzunlikdagi 3-5-7 oyoq (shokila)lar bilan bezatiladi. Halqa O’rta Osiyoda qadimdan keng tarqalgan.