Hidoyat

Hidoyat (Arabcha — to’g’ri yo’l) — haqiqiy e’tiqod yo’lidan yurish. Hidoyatning qarama-qarshisi zalolat (to’g’ri yo’ldan ozish)dir. Hidoyat Alloh o’z bandalari uchun ko’rsatgan eng to’g’ri yo’l hisoblanadi. Qur’onning Hidoyat to’g’risidagi oyatlarida ta’kidlanishicha, Alloh taolo Hidoyat yo’liga hammani ham boshlamaydi, balki o’zi xohlagan, tanlagan kishilarnigina bu ne’matga musharraf etadi. Alloh Muhammad (sav) ga xitob qilib: «Sen xohlagan kishingni Hidoyatga erishtira olmaysan, lekin Alloh o’zi xohlaganiga Hidoyat ato qilur» — degan mazmunda oyat nozil qilgan. Hidoyat haqida bir necha hadis ham rivoyat qilingan.