Hims

Hims — Suriyaning g’arbiy qismidagi shahar. Hims muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 558 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari chorrahasi. Hims orqali Iroq va Suriyaning neft konlaridan Tartus va Baniyos portlariga quvurlar, Damashq, Halab va Latakiyaga oziq-ovqat quvurlari o’tkazilgan. Neftni qayta ishlash, kimyo, po’lat prokati, tsement, shakarqand, to’qimachilik va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Qishloq xo’jalik (ho’l meva, don, chorvachilik) rayonining savdo markazi. O’rta asrlarda qurilgan devor qoldiqlari, Nuriddin masjidi (12-asr) va boshqa me’moriy yodgorliklar saqlangan.