Hubal

Hubal — qadimgi Arab mifologiyasida Quraysh qabilasining xudosi. Avlod-ajdodlar, oy yoki odmon xudosi, qabilaning homiysi hisoblangan. Hubal Ka’baning bosh xudosi deb e’tirof etilgan, u o’ng qo’li oltindan, qolgan a’zolari toshdan qilingan odam qiyofasidagi haykal shaklida tasvirlangan. Islom paydo bo’lganidan keyin mushriklar Hubalni Makkaning. bosh xudosi sifatida Allohga qarshi qo’yishgan. Makka fathidan so’ng Hubal sanami Ka’badan chiqarilib, parchalab tashlangan.