Hujjatli film
Hujjatli film – kino san’ati turi. Unda haqiqiy voqealar kinosurati material bo’lib xizmat qiladi. 1-hujjatli kinosuratlarni aka-uka Lyumerlar 1895 yil (Frantsiyada) olishgan. O’zbekistonda 1- Hujjatli filmni Xudoybergan Devonov suratga olgan. Ovozsiz kino davriga mansub Hujjatli filmlarda asosan tasvir hal etuvchi rol o’ynagan, voqealar mazmuni titr (yozuv)larda izohlangan, g’oyaviy yo’nalishda voqea obrazi hukmronlik qilgan. Ovozli kinoga o’tilgach, film voqealari diktorlar tomonidan sharhlangan.