Shemaxaqal’a
Shemaxaqal’a – Xorazmning 13-14-asrlardagi yirik savdo-hunarmandchilik markazi xarobasi. Ustyurt platosining Janubi sharqida, ko’hna Urganchdan 50 kilometr g’arbda joylashgan. Barpo etilgan davri aniq belgilanmagan. S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi tomonidan 1946 va 1948 yillarda tekshirish ishlari olib borilgan. Shemaxaqal’a 2 qismdan iborat. Qadimgi qismida to’g’ri burchak hosil qilib kesishgan ko’chalar bo’lgan. Paxsadan bunyod etilgan mudofaa devorining Janub tomonida minoralari va darvozasi bo’lgan. Shaharning chekka qismidagi mahallalar Oltin O’rda davrida vujudga kelgan. Shahar markazida tosh bloklardan yasalgan jome masjidi va amaldorlarning uylari joylashgan. Shahar atrofida hunarmandlar mahallalari bo’lgan. Ad.:Tolstov S.P., Po sledam drevne-xorezmiyskoy tsivilizasii, M.—L., 1948.