Sard tili
Sard tili — roman tillaridan biri. Sardiniya oroli va unga yaqin boshqa orollarda tarqalgan. 1,5 milliondan ortiq kishi so’zlashadi. 11-14-asrlarda Sardiniyaning rasmiy tili bo’lgan. 20-asrda oddiy so’zlashuv tili, matbuot va she’riyat tili sifatida qo’llanadi. (Sard tilida badiiy Nasr yaratilmagan). Sard tili eng qadimgi roman tillaridan bo’lib, u ko’proq italyan tilining Janubiy laxjalariga yaqin turadi. O’z navbatida, bir necha lahjalari bor. Fonetik va morfologik jixatlari bilan boshqa roman tillaridan birmuncha farqqiladi. Leksikasida Katalan, ispan va italyan tillarining ta’siri seziladi. Sard tili yagona adabiy til me’yoriga ega emas. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan. Undagi ilk matnlar 11-asrga mansub.