Sardinalar

Sardinalar — seldsimonlar oilasining 2 urug’i (sardinalar, Sardinopslar)ni o’z ichiga oladigan baliqlar guruhi. Tanasi 2 yondan siqilgan, uzunligi 30— 35 santimetrgacha. Tanasining yon tomonlari bo’ylab qora dog’lar, dum suzgichi asosida 1 juft uzun tangachalar bo’ladi. Har bir urug’i bir necha tur va kenja turlarni o’z ichiga oladi. Janubiy va shimoliy Amerikaning Sharqiy sohillaridan tashqari, barcha iliq va subtropik dengizlarda tarqalgan. Uzoq Sharq Sardinasi, ya’ni ivasi uzoq Sharq dengizlarida, Yevropa sardinasi G’arbiy Yevropa dengizlarida tarqalgan. Planktonxo’r, 8-14 yil yashaydi; 2 yoshida voyaga yetadi. Uvildirig’ini (25-29 ming) suvning yuza qismiga (pelagik) qo’yadi. Ovlanadi.