Saturnaliya
Saturnaliya (lotincha Saturnalia) — Qadimgi Rimda har yili Saturn sharafiga nishonlanadigan bayram. Qishki teng kunlik chog’ida hosil yig’ib olingach, o’tkazilgan. Bayram karnaval tusida bo’lib, unda qullar xojalari bilan «teng» hisoblanganlar, hatto xojalari ularga mulozamat ham qilgan, faqir-fuqarolarga pullar tarqatilgan. Saturnaliya marosimi, bir- biriga sovg’a berish odati xristianlarning Rojdestvo bayrami udumlarida saqlanib qolgan.