Sahih

Sahih (Arabcha — to’g’ri, chin, sog’lom) — eng ishonchli deb hisoblangan hadis to’plamlarining nomi. Muhaddislar hadislarni haqiqiy va nohaqiqiyga ajratish (ya’ni, kodifikasiya qilish) bilan shug’ullanib, isnodni tekshirish yo’li bilan Sahih (ishonchli), Hasan (yaxshi) va Daif (zaif, kuchsiz)dan iborat 3 toifaga bo’lganlar, ulardan asosan Sahihlarini to’plashga intilganlar. Shu munosabat bilan ba’zi to’plamlarning nomi ham Sahih deb atalgan (masalan, «Sahihi Buxoriy», «Sahihi Termiziy»).