Sent-Jons

Sent-Jons — Antigua va Barbuda davlati poytaxti. Antigua orolining shimoliy g’arbiy sohilida. Aholisi 36 ming kishi (1990-yillar boshlari). Iqlimi tropik, passatli iqlim, o’rtacha oylik temperaturalar 15° dan 33° gacha. Yillik yog’in 1300 mm. Karib dengizi buxtasidagi yirik dengiz porti. Chetga shakarqand, rom chiqariladi. Neftni qayta ishlash, shakarqand, rom va paxta tozalash zavodlari, botanika stansiyasi bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 1632 yilda asos solingan.