Serdyukov Iosif Ilich

Serdyukov Iosif Ilich (1906. 10.10, Belgorod viloyati Veydelvka tumani — 1973, Toshkent) — 2-jahon urushi qatnashchisi. Toshkentdagi mevani qayta ishlash zavodida ishlagan. 1942 yildan 99-alohida sapyorlar batalonining sapyori. 1943 yil 15 oktabrda Dnepr daryosini kechib o’tayotganda birinchi bo’lib o’ng sohilga chiqqan; 16 oktabrga o’tar kechasi daryoni 7 marta kechib o’tgan. 1943 yil 30 oktabrda Qahramon unvoni berilgan. 1946 yildan Toshkentda yashagan, ma’muriy-xo’jalik lavozimlarida ishlagan.