Seroz parda

Seroz parda — odam va hayvon tanasi bo’shlig’i va ichki a’zolarini o’rab turadigan parda. O’rniga qarab qorin parda, plevra, perikard, epikard deb nomlanadi. Mezoderma hosilalari — splanxnotomadan rivojlanadi. Seroz parda ichki a’zolar harakatini osonlashtiradigan, himoya funktsiyasini bajaradigan seroz suyuklik ishlab chiqaradi. Odatda, silliq, yaltiroq, tiniq va elastik Seroz parda yallig’langanda (peritonit, plevrit, perikardit) qalinlashadi, xira, g’adirbudur bo’lib, funktsiyasi buziladi.