Simla, Shimla

Simla, Shimla — Hindistonning shimoliy qismidagi shahar. Himachalpradesh shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 65 ming kishi (2001). Himolay tog’i etaklarida, 2200 metr balandlikdagi tog’ iqlim kurorti. Yoz oylarida temperatura 19-28°, qishda 0° dan past. Avtomobil va temir yo’l o’tkazilgan. Sanoat korxonasi yo’q. Ilmiy markaz, Markaziy ilmiy tadqiqot instituti, universitet, shahar yaqinida aeroport bor. Turizm markazi.