Sit jangi

Sit jangi — Vladimir buyuk knyazi Yuriy Vsevolodovich qo’shini bilan mo’g’ul tumanboshisi Burundoy qo’mondonligi ostidagi qo’shinlar o’rtasida Sit daryosi bo’yida bo’lib o’tgan jang (1238.4.3). Vladimir-Suzdal knyazligiga bostirib kirgan mo’g’ullar Uglichdan Sit daryosi tomon harakat qilib, to’satdan ruslar qo’shiniga hujum qilganlar. Jangda Yuriy Vsevolodovich va unga ittifoqchi bo’lgan boshqa knyazlar halok bo’lishgan. Sit jangi oqibatida shim. Sharqiy rus knyazlarining qarshiligi tugatilgan.