Shanyuy
Shanyuy — qadimgi Turkiylarda «imperator» ma’nosida qo’llanilgan unvonning Xitoy manbalaridagi shakli. Hun imperiyasi (miloddan avvalgi 3-asr) hukmdorlarining bosh unvoni bo’lib, miodiiy 6-asrgacha mavjud bo’lgan bir qancha turkiy davlatlarda ishlatilgan. Xanshu («Xan sulolasi tarixi») yilnomasida xun hukmdorlari ularning tilida «tengli kutu shanyuy» deb atalishi va tengli so’zining hun tilida «Tangri, osmon», kutu «o’g’il», Shanyuy esa «keng va buyuk» ma’nosini bildirishi qayd etiladi. Bir qator tadqiqotchilarga ko’ra, mazkur jumladagi ikkinchi so’z kutu «qut, baxt» so’zlari b-n aloqador bo’lib, «Tangri quti» iborasi «Xudo baxt ato etgan» ma’nosida ekanligini ta’kidlashadi. Shuningdek, Shanyuy so’zini turkiy dabg’u (yabg’u) unvoni bilan aloqador xisoblashadi. Ad.: Bichurin N.Ya., Sobranie svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v Drevnie vremena, t. 1-3, M.—L., 1950-53.