Sharofiddin a’lam ibn Nuriddin Oxund

Sharofiddin a’lam ibn Nuriddin Oxund (17-asr 18-asrning 1-choragi) — tarixchi olim. Andijon viloyatida tug’ilgan. Keyinchalik Samarqand shahrida yashagan. Hayoti haqida ma’lumotlar deyarli saqlanib qolmagan. «Tarixi Said Roqim» («Said Roqim tarixi») asarida Movarounnahr, Xuroson va Hindistonda Amir Temur davridan to 1645 yilgacha, ya’ni ashtarxoniylarning Buxoro xoni Abdulazizxon taxtga o’tirguncha bo’lgan davr tasvirlangan. Asarda muhim tarixiy voqealar izchil xronologiya asosida yoritilgan. Xususan, yirik ulamolar, Shayxlar, shoirlar va hofizlar haqida muhim ma’lumotlar mavjud. «Tarixi Sayd Roqim» asari Mirza Salimbek tomonidan Toshkentda nashr etilgan (1913). Asar qo’lyozmalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondi (30 dan ortiq) hamda Sankt-Peterburg, Dushanba va Angliya, Frantsiya, Misr va Saudiya Arabistonida saqlanadi. Ad.: Axmedov B.A., Istorikogeo-Graficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. T., 1985.