Romb

Romb (Yunoncha rombos — pirildoq, aylanuvchi) — tomonlari o’zaro teng bo’lgan yassi to’rtburchak. Rombning xossalari: 1) diagonallari o’zaro perpendikulyar; 2) Rombning diagonallari uning burchaklarini teng ikkiga bo’ladi. Rombning diagonallari kesishgan nuqta uning simmetriya markazidir. Rombga ichki aylana chizish mumkin. Rombning yuzi uning diagonallari ko’paytmasining yarmiga teng. Burchaklaridan biri a bo’lgan Rombning yuzi 5=a2sina. Hamma burchaklari 90° bo’lgan Romb kvadratidir.