Rona
Rona —Shveytsariya va Frantsiyadagi daryo. Uzunligi 812 kilometr, havzasining maydoni 98 ming km2. Alp tog’laridan boshlanib, Jeneva ko’li, Rona pasttekisligidan oqib o’tib, O’rta dengizning Lion qo’ltig’iga Delta hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: Sona, Izer, Dyurans. Quyilish yeriga yaqin joyda suv sarfi 1780 m3/sek., bahor va yozda to’lib oqadi. Ronaning gidroenergetika, transport va irrigasiya ahamiyati katta. Rona va uning irmoqlarida GES kaskadlari qurilgan. Ena daryosi quyilish joyidan boshlab quyi qismida kema qatnaydi. Sona daryosi va kanallar orqali Reyn, Mozel, Marna, Sena, Luara daryolari bilan tutashgan. Sug’orishda keng foydalaniladi. Rona bo’yida Jeneva, Lion, Avinon, Arl shaharlari joylashgan.