Rotator

Rotator (lotincha roto — aylantiraman), mimiograf — 1) matn, chizma, rasm va boshqalardan nusxa ko’chiriladigan apparat. Rotatorda bosma qolip sifatida yozuv mashinasida (yoki maxsus Pero bilan qo’lda) mum folga (voskovka) ga yozshtgan, shuningdek, fotomexanik, fotoelektrik yoki galvanik usullarda tayyorlanadigan trafaret ishlatiladi. Trafaret Rotatordagi bo’yoq surkalgan tsilindrga tarang tortiladi. Tsilindr bilan birga aylanadigan val trafaretga qog’ozni qisadi. Shunda tsilindrdagi bo’yoq trafaretdagi yozuv yoki tasvir teshiklaridan o’tib, qog’ozga tushadi. Rotatorda soatiga 6 minggacha kichik formatli nusxalar olish mumkin; 2) biror markaz yoki o’q atrofida bir me’yorda aylanadigan jism.