Rossiya, Rossiya Federatsiyasi
Rossiya, Rossiya Federatsiyasi (RF) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shim.da joylashgan davlat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 kilometr, dengiz chegarasi 38807,5 kilometr. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, qora va Azov (Atlantika okeani), Barents, oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (shim. Muz okeani), bering, Oxota, Yapon dengizlari (tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan o’ralgan. Maydoni 17,1 million km2. Aholisi 145,3 million kishi (2002). Poytaxti — Moskva shahri. Ma’muriy jihatdan 89 sub’yekt: 21 respublika [Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dog’iston, Ingushiya, Kabarda- Balkariya, Kareliya, Komi, Mariy yel, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Xakasiya, Checheniston, Chuvashiya, shimoliy Osetiya, Qalmoq, Qorachoy-Cherkasiya], 6 o’lka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primore, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, kurgan, Kursk, Leningrad, Lipesk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 Federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 Muxtor viloyat (yahudiylar), 10 Muxtor okrug [Aga Buryatlari, Komipermyaklar, Koryaklar, Neneslar, Taymir (Dolgannenes), Ust-Ordinskiy Buryatlari, Xantimansi, Chukotka, Evenklar, Yamalnenes]ga bo’linadi. Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000 yil Markaziy, Shimoliy G’arbiy, Janubiy, Volga bo’yi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq federal okruglari tashkil etildi. Davlat tuzumi. Rossiya — boshqarishning respublika shakliga ega bo’lgan demokratik Federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993 yil 12 dekabrda qabul qilingan. Davlat boshlig’i — prezident (2000 yildan V. V. Putin), u umumiy, teng va to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan Rossiya fuqarolari tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal Majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat Raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi. Tabiati. Rossiya hududi meridian bo’ylab 2,5—4 ming kilometrga, g’arbdan sharqqa 9 ming kilometrga cho’zilgan. Mamlakatning eng g’arbiy nuqtasi Polsha bilan bo’lgan chegarada (Kaliningrad viloyati), Sharqiy nuqtasi Bering bo’g’ozidagi Ratmanov orolida, chekka Janubiy nuqtasi Ozarbayjon bilan bo’lgan chegarada, chekka shim. nuqtasi Frantsi-Osif yeri arxipelagidagi Rudolf orolida, Rossiya hududining 45% o’rmon, 4% suv, 13% qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar, 19% bug’u yaylovlari, 19% boshqa yerlardir. Relefi. Rossiya maydonining qariyb 70% tekislik. G’arbda Sharqiy Yevropa (yoki Rossiya) tekisligi joylashgan. Unda balandligi 250-400 metrli Valday, O’rta Rossiya, Volgabo’yi, BugulmaBelebey, Yuqori Kama va boshqa qirlar Oka-Don, Kaspiybo’yi va boshqa pasttekisliklar bilan tutash. Undan sharqda Ural tog’ tizmasi, so’ng G’arbiy Sibir tekisligi boshlanadi. Yenisey va Lena daryolari oralig’ida O’rta Sibir yassitog’ligi, sharqda Markaziy Yakutiya pasttekisligi bor. Mamlakat sharqi va Janubda tog’liklar ko’proq. Yevropa qismida katta Kavkaz tog’ining shimoliy yon bag’rida tizma tog’lar (Rossiyadagi eng baland nuqta — Elbrus tog’i, 5642 metr) joylashgan. Sibirdagi tog’ tizmalari — Oltoy, Kuznesk Olatovi, G’arbiy Sayan tog’lari, Tuva, Baykalbo’yi, Baykal ortidagi tog’lar va Stanovoy tizmasi Rossiyaning Janubiy chegarasi bo’ylab o’tadi. Sibirning shimoliy sharqi (Verxoyansk va Cher tizma tog’lari), uzoq Sharq (Chukotka va Koryak tog’lari)da o’rtacha balandlikdagi tizmalar ko’proq uchraydi. Tinch okean sohili bo’ylab cho’zilgan Kamchatka va Kuril o.laridagi tog’larda harakatdagi vulkanlar otilib turadi. Geologik tuzilishi. Rossiya hududi Sharqiy Yevropa platformasining anchagina qismini, butun Sibir platformasini, G’arbiy Sibir plitasini, Janubiy Sibir, Verxoyanskchukotka burmali oblasti, Koryak yassitog’ligi, Kamchatka, Kuril orollari, Primore va Saxalin burmali obl.larini egallaydi. Qadimgi platformalar yuqori proterozoy davrigacha bo’lgan kristalli fundament (zamin)dan iborat bo’lib, dengiz tubidagi qadimgi cho’kindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan va keyinchalik burmalanib, metamorfizmga uchragan. Kareliya burmalanish davri tugagach, Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari zaminining yuzasi denudasiya natijasida tekislanib, cho’kindi jinslar ostida qolgan. Proterozoy davri o’rtalarigacha qadimgi platformalarni o’rab turgan burmali oblastlar o’rnida okean bo’lib, asta-sekin geosinklinal tizimlari tarkib topa boshlagan va turli yoshdagi burmalangan oblastlar — Baykal, kaledon, gersin, kimmeriy burmalanishlari hosil bo’lgan. Kavkazda geosinklinal rivojlanish jarayoni Alp burmalanish davrida tugagan. Kuril va Komandor orollarida, Oxota, bering dengizlari botiqlarida geosinklinal rivojlanish hali tugamagan. Mineral resurslari . Rossiya juda boy mineralxom ashyo zaxiralariga ega bo’lgan mamlakat. Dunyodagi 7 ta eng yirik ko’mir havzasidan 5 tasi Rossiyada joylashgan. Rossiyada dunyodagi temir rudasi, berilliy zaxirasining 30%, neftning 17-18%, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70-75%, palladiyning 50%, nikelning 40% dan ko’prog’i, uranning 10% mavjud. Jumladan, Uralda boksit, shimoliy Kavkaz, O’rta va Janubiy Ural, Sharqiy Sibirda mis, Krasnoyarsk o’lkasi shimolda misnikel, za baykale va uzoq Sharkda ruxqo’rg’oshin, Ural, Oltoy, Zabaykale va Kola yarim orolida qimmatbaho toshlar, marmar, granit, bazalt, Saxada olmos konlari, shuningdek, turli joylarda volfram, molibden, surma, simob, oltin, kumush, platina, kobalt, slyudamoskovit, asbest va shu kabilar foydali qazilmalarning katta konlari bor. Iqlimi deyarli hamma joyda kontinental (chekka shimoliy g’arbda dengiz iqlimi), Sibir va uzoq Sharq shimolda keskin kontinental, Janubda musson iqlim (qishi sovuq, qor kam yog’adi, yozi mo’tadil iliq). Qishda Rossiya hududi ustida yuqori atmosfera bosimi (sharqda Osiyo antisikloni) hukmron bo’ladi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi Yevropa qismining g’arbida va Kavkaz shimolida 0-5°, Saxa sharqida -40°, -50°, jumladan, Oymyakonda — 72,2° gacha. Yozda atmosfera bosimi pasayadi, shu sababli bu mavsum nisbatan iliq, Janubda issiq, iyulning o’rtacha temperaturasi g dan (Sibir shimol) 24-25° gacha (Kaspiybo’yi pasttekisligida) yetadi. Eng ko’p yog’ingarchilik Kavkaz tog’larida (yiliga 3200 mm gacha), uzoq Sharq Janubda (1000 mm gacha) va Sharqiy Yevropa tekisligining o’rmon zonasida (850 mm gacha). Kaspiybuyi pasttekisligining yarim cho’l joylarida juda oz — yiliga 170 mm ga yaqin yog’in tushadi. Qor qoplami mamlakat Janubda 60-80 kun davom etsa, chekka shimolda 260-280 kunga boradi. Ichki suvlari. Rossiyada uzunligi 10 kilometrdan oshadigan 120 mingga yaqin daryo bor. Daryolarning aksariyati shimoliy Muz okeani havzasiga (shimoliy Dvina, Pechora, ob, Yenisey, Lena, yana, Indigirka, Kolima va boshqalar), Tinch okean havzasiga (Amur, Anadir, Penjina va boshqalar), Atlantika havzasiga (don, Kuban, Neva va boshqalar) mansub. Yevropaning eng uzun va sersuv Volga daryosi, shuningdek, Ural va Terek Kaspiy dengiziga quyiladi. Ularning ko’pi suv transporta va yog’och oqizishda, shahar va sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlatshda, ekinzorlarni sug’orishda katta ahamiyatga ega. Rossiyada 2 milliondan ortiq chuchuk va shur suvli kul bor. Eng yiriklari: Baykal (dunyodagi chuchuk suv zaxirasining 1/5 qismi), Kaspiy Dengizko’li, Ladoga, Onega, Taymir. Rossiyada 1200 ga yaqin suv ombori bor. Yirik suv omborlari: Bratsk, Krasnoyarsk, Zeya, UstIlim, Boguchan, Baykal (Irkutsk), Volgograd, Ribinsk va boshqalar. Tuproq va o’simliklari tekisliklarda tabiat zonalariga qarab o’zgaradi. Shimoliy Muz okeani orollari va Taymir yarim oroli sohilida ibtidoiy Arktika tuprog’i tarqalgan bo’lib, asosan siyrak lishaynik, mox va kup yillik gulli o’simliklar uchraydi. Tundra zonasida nordon tundra (gleylangan) tuprog’i tarqalgan. O’simlik turi ko’p: mox va lishayniklardan tashqari past bo’yli butalar (pakana qayin va tol), har xil o’t, mevali o’simliklar (brusnika, golubika) uchraydi. O’rmon zonasining shimoliy qismi (tayga zonachasi)dagi podzol tuproqlarda ignabargli daraxtlar — qoraqarag’ay, oqqarag’ay, kedr va qarag’ay o’rmonlari, Eniseydan Sharqdagi taygato’ng tuproqlarda igna bargli tayga daraxtlari — Sibir va Dauriya tilog’ochlari, uzoq Sharqda esa, qoraqarag’ay va oqqarag’ay o’sadi. Tayga zonachasida (ayniqsa, G’arbiy Sibirda) botqoqlik ko’p. Taygadan Janubroqda, Sharqiy Yevropa tekisligida aralash o’rmonlar bor. Chimli podzol tuproqlarda oqqayin va tog’terak, eman, zarang, qayrag’och, Sharqiy Yevropa tekisligi o’rmon zonasining chekka Janubda eman, juka va boshqa keng bargli daraxtlar o’sadi. Sharqiy Yevropa va G’arbiy Sibirda qora va to’q kashtan tuproq, kaspiybuyi pasttekisligida och kashtan va qo’ng’ir, sho’rxok tuproqlar uchraydi. Hayvonot dunyosi juda xilmaxil. Arktika muz sahrosi va tundrada shimoliy tulkisi, lemming, shimol bug’usi, qutb boyqushi, tundra kakligi; o’rmon zonasida Los, qo’ng’ir ayiq, silovsin, suvsar, tulki, tiyin, burunduq, malla quyon, uzoq Sharq Janubda Ussuri yo’lbarsi, qora ayiq, xarza, enotsimon it, to’ng’iz, qushlardan karqur, qur, qizilishton, bulduruq va boshqalar yashaydi. O’rmonli dasht zonasida kemiruvchilar, turli qushlar, ondatra, tulki, suvsar, mo’ynabop hayvonlarning, Los, shimol bug’usining xillari ko’p. Dengizlarda baliq (treska, seld, kambala, skumbriya, sudak, losos, osetr va boshqalar), dengiz sut emizuvchilari (kit, morj, Tyulen, dengiz mushugi) ovlanadi. O’ziga xos noyob tabiat hamda hayvonot dunyosini saklab qolish va urganish maqsadida turli zonalarda 100 ta davlat tabiiy qo’riqhonasi (maydoni 33,3 million gektar) va 5 ta milliy bog’ (maydoni 6,7 million gektar) tashkil etilgan. Eng yiriklari: Oltoy, Astraxon, Barguzin, Kavkaz, Pechorailich, Teberda va boshqalar. Aholisi. Rossiyada 100 dan ortiq millat va elat yashaydi. R.ning asosiy aholisi — ruslar jami aholining 81,5% ni tashkil etadi. Ukrainaga yondosh viloyatlarda, Tyumen viloyati, Moskva, shimoliy Kavkaz, Ural va Sibir Janubda ukrainlar, Kaliningrad viloyati, Moskva va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Kareliyada beloruslar, Krasnoyarsk o’lkasi, Moskva va Sankt-Peterburgda litvalar va latishlar (shuningdek, Omsk viloyatida latishlar, Kaliningrad viloyatida litvalar), Omsk, Novosibirsk, Orenburg viloyatlari, Krasnoyarsk va Oltoy o’lkalarida nemislar, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Samara, Nijniy Novgorod, Chelyabinsk, Rostov, Saratov, Novosibirsk shaharlarida yahudiylar, Rostov viloyati va Krasnodar o’lkasida moldovanlar, Stavropol va Krasnodar o’lkasida greklar, Krasnodar va Stavropol o’lkalarida va Rostov viloyatida armanlar ham yashaydi. Shuningdek, ozarbayjonlar, o’zbeklar (1994 yilda 58 ming), gruzinlar, qozoqlar va boshqalar yashaydi. Rossiyaning Yevropa qismi shimolda karellar, vepslar, ijorlar, saamlar (loparlar), komi va komipermyaklar, O’rta Volga bo’yida Mari, udmurt va mordvalar, Volgabo’yining boshqa joylari va Janubiy Uralda turkiy tillarda so’zlashuvchi chuvashlar, boshqirdlar, tatarlar, shuningdek, kalmoklar yashaydi. Osetin, qorachoy, bolqor, qo’miq, no’g’aylar shim. Kavkazning tub joy aholisidir. Sibir va uzoq Sharqda turkiy gillarga mansub saxalar, Oltoy, shor, xakas va tuvalar, mongol tilida so’zlashuvchi buryatlar, shuningdek, Xanti va mansilar, Nenes, chukcha va eskimoslar istiqomat qiladi. Davlat tili — rus tili; Rossiya tarkibidagi milliy respublikalarda tub joy aholisining tili ham shu Respublikaning davlat tili hisoblanadi. Rossiya aholisining 73% shaharlarda yashaydi. Din, dorlarning aksariyati xristianlar (asosan, pravoslavlar), qolganlari — musulmonlar, Yahudolar, buddaviylar va boshqalar. Yirik shaharlari: Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Samara, Yekaterinburg va boshqalar. Tarixi. Rossiya hududida o’rta paleolit davrida, milodgacha 100-35 ming yil avval quyi Volga, O’rta Uralda dastlabki manzilgohlar paydo bo’lgan. So’nggi paleolit davrida odamlar qutb doirasidan o’tib, Sibirning bir qismiga joylasha boshlagan. Miloddan avvalgi 3—2-ming yilliklarda shimoliy Kavkazda jez, Ural, G’arbiy Sibir, yuqori Volga bo’ylarida turli metallardan buyumlar tayyorlangan. Dasht, o’rmondasht mintaqalarida chorvachilik, daryo vodiylarida dehqonchilik rivojlana boshlagan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda shahar-davlatlar, Bospor davlati, skiflar davlati mavjud bo’lgan. Milodiy 3-asrda Sharqdan ko’chmanchi gotlar va 4-asrda Gunnlar bostirib kelgan. 4-8-asrlarda shimoliy Kavkazda alanlar birlashgan. 552-745 yillarda Rossiya hududining bir qismini turkiy xalqlarning qabilaviy Ittifoqidan iborat Turk xoqonligi egallab turgan. 7-asr 1-yarmida Azov bo’yida Buyuk Bulg’oriya davlati paydo bo’ldi, ammo bulg’orlar Xazar xoqonligidan mag’lubiyatga uchrab, Dunay, Volga va Kama daryolari bo’yiga kelib joylashdi. 10-asrda Volgakama bulgoriyasi davlati paydo bo’ldi, O’rta Volga bo’yi xalqlari shu davlatga birlashdi. 6-asrda Sibir, Yenisey daryosining o’rta oqimida hozirgi xakaslarning ajdodlari hisoblangan qirg’izlar davlati, 8-asr — 10-asr boshlarida uzoq Sharqda Boxay davlati hukm surdi. 9-asrda Sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvchi asosida qadimgi Rus davlati tashkil topdi; Sharqiy slavyanlarning ikki markazi — Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga mansub knyazlar hokimiyatiga birlashdi. Taxminan 988 yil Knyaz Vladimir Vizantiyapravoslav shaklidagi xristianlikni Rossiyaning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni mustahkamlash va Sharqiy Yevropadagi slavyan, Balt, ugorfin va boshqa qabilalarni jipslashtirishga ko’maklashdi. Qadimgi rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini qaytargan Kiyev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir monomaxdan keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti (1132 yil)dan so’ng qadimgi Rus davlati parchalanib ketdi. Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, Vladimir-Suzdal, Galichvolin, Ryazan knyazliklari va boshqa davlatlar ajralib chiqdi. 13-asrda ularga sharqdan mo’g’ullar, G’arbdan shvedlar va nemislar hujum qildilar. 1223 yil rus knyazliklari mo’g’ullar bilan kalka daryosi bo’yidagi jangda mag’lubiyatga uchradi. 1236 yil mo’g’ullar Volgakama Bulg’oriyasini, 1237 yil Ryazan va boshqa shaharlarni vayron qildi. 1240 yil esa shvedlar bostirib keldi. Aleksandr Nevskiy rahbarligidagi rus qo’shinlari o’sha yili Neva jangida shvedlarni, 1242 yil Muz ustidagi jangda nemislarni tormor qildi. Ammo tarqoq holdagi rus knyazliklari salkam 250 yil mobaynida mo’g’ullar zulmi ostida qoldi. 14-asrning 2-yarmida Moskva knyazligining mavqei oshib, u mo’g’ullarga qarshi kurashda rahbarlik qildi va rus yerlarini asta-sekin birlashtirish markazi bo’lib qoldi. 1380 yilgi Kulikovo jangida Dmitriy Donskoy qo’mondonligidagi Birlashgan rus qo’shinlarining mo’g’ul ko’shinlari ustidan qozongan g’alabasi Shimoliy Sharqiy rus yerlarini birlashtirish uchun zamin yaratdi. Moskva buyuk knyazlik hokimiyati 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida rus yerlarini birlashtirishni asosan tugalladi. 1478 yil Novgorod, 1485 yil Tver, 1510 yil Pskov, 1514 yil Smolensk, 1521 yil Ryazan Moskva buyuk knyazligiga qo’shib olindi. 1480 yil mo’g’ullar zulmi barham topdi. Birinchi rus podshosi Ivan IV Vasilevich Grozniy (1533-84; 1547 yildan podsho) davlatni markazlashtirishga kirishdi. Kozon va Astraxon xonliklari qo’shib olindi, shu tariqa Ural orti va G’arbiy Sibirni zabt etish uchun yo’l ochildi. 17-asrda Sibirning qolgan hududlari ham birin-ketin qo’shib olindi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida rus xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi, «Rossiya» degan nom tarqala boshladi. G’arbda Boltiqdengiziga chiqish uchun bo’lgan Livon urushiiing cho’zilib ketishi (1558-83) natijasida mamlakat 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida og’ir iqtisodiy va siyosiy ahvolga tushib qoldi. Xalq ommasining ahvoli yomonlashdi. Jamiyatning turli tabaqalarida norozilik kuchaydi. Natijada qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi (eng kattasi Bolotnikov qo’zg’oloni). Boyarlar va dvoryanlar o’rtasida ham kurash keskinlashdi. 700 yildan ortiq hukmronlik qilgan Ryurikovichlar sulolasi tugadi. Mamlakatning og’ir ichki ahvolidan foydalangan polyaklar va shvedlar 1604 yilda Rossiyaga bostirib kirdilar. Polsha qo’shinlari Moskvani egalladi. Faqat 1612 yil K. Z. Minin va D. M. Pojarskiy rahbarligidagi xalq lashkarlari Moskvani ozod qildi, biroq mamlakatning g’arbiy va shimoliy g’arbiy hududi bir qismi Rech Pospolita va Shvetsiya qo’l ostida qoldi. 1613 yildan Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmronlik qila boshladi. 17-asrdan Rossiya o’z tarixida yangi bosqichga o’ta boshladi. 17-asr oxiriga kelganda tashqi siyosat masalalari va sinfiy kurash keskinlashgan paytda davlat va dvoryanlar hukmronligini mustahkamlash uchun iqtisodiyot, davlat tuzumi, madaniyat tizimini qayta qurishga zaruriyat tug’ildi. Bu o’zgarishlarni Pyotr I hukumati amalga oshirdi. Petr I ning islohotlari tufayli (17-asr oxiri — 18-asr 1-choragi) mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallashdi. Shimoliy urush yillari (1700-21)da muntazam armiya va harbiy dengiz floti tuzildi. Yirik g’alabalar qo’lga kiritildi. Rossiyaning Boltiq dengiziga chiqishi uchun yo’l ochildi. 1721 yil mamlakat Rossiya imperiyasi deb e’lon qilindi. Sanoat rivojlana boshladi, ayniqsa, Uraldagi konchilik sanoati tez o’sdi. Savdosotiq rivojlanib, tashqi savdo kuchaydi. Madaniyat sohasida katta o’zgarishlar amalga oshirildi, dunyoviy maktablar ochildi, G’arbiy Yevropa madaniyati bilan aloqa kengaydi, matbaachilik rivojlandi, Fanlar Akademiyasi ta’sis etildi (1725), yangi kalendarga o’tildi (1700). 18-asr 2-yarmida tovarpul munosabatlari rivojlandi. Yekaterina II davri (1762-96)da dvoryan yer egaligi yanada rivojlandi. Davlat yer fondini ko’paytirish maqsadida 1764 yil cherkovga qarashli yerlarning bir qismi tortib olindi. Dehqonlarning ommaviy noroziligi Pugachyov qo’zg’oloni va boshqa ichki mojarolar kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Tashqi siyosat sohasida podsho hukumati dvoryan va savdogarlarning qora dengiz orqali qulay savdo yo’llariga bo’lgan intilishlarini hisobga olib, Janub chegaralarning xavfsizligi uchun kurashni davom ettirdi. Turkiya bilan bo’lgan urushlarda Rossiya g’alabaga erishgach, Qrim xonligi (1783) va umuman Qora dengizning shimoliy qirg’og’i Rossiya imperiyasi tasarrufiga o’tdi. Chegara Dnestr daryosi bo’ylab belgilandi. 70-90-yillarda Ukrainaning o’ng qirg’og’i va Belorussiya batamom Rossiyaga qo’shib olindi. 19-asr boshlarida Aleksandr I imperator bo’lgan davr (1801-25)da bir qancha islohotlar o’tkazildi, davlat apparatani zamonaviylashtirishga harakat qilindi. Urushlar natijasida va diplomatik faoliyat yo’li bilan 1801 yil Sharqiy Gruziya, 1809 yil Finlyandiya, 1812 yil G’arbiy Gruziyaning bir qismi va Bessarabiya Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1805 va 1806-07 yillarda Rossiya Napoleon Frantsiyasiga qarshi koalitsiya urushida qatnashdi. 1812 yil Napoleon armiyasi Rossiyaga bostirib kirdi, o’sha yil 26 avgust (7 sentabr)dagi borodino jangida frantsuz qo’shinlari katta talafot ko’rdi va chekindi. 1814-15 yillardagi Vena Kongressi qarorlariga binoan, Polsha qirolligi Rossiyaga o’tdi. Ma’rifatchilik g’oyalarining yoyilishi, 18-asr oxiridagi frantsuz inqilobining ta’siri, rus armiyasining 1813-14 va 1815 yillardagi chet el yurishlari davrida Yevropa mamlakatlaridagi davlat va jamiyat tuzilishi bilan tanishuv natijasida Rossiya jamiyatida chuqur ijtimoiy va siyosiy o’zgarishlar qilish zarurligi haqidagi fikrlar paydo bo’ldi. 1816-23 yillarda Rossiyadagi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumni qayta qurish maqsadini ko’zlovchi yashirin jamiyatlar vujudga keldi. Shimoliy va Janubiy jamiyat a’zolarining qurolli isyonlari (1825 yil dekabristlar qo’zg’oloni) bostirildi. Kavkaz urushining cho’zilib ketishi va unda shimoliy Kavkaz xalqlarining qattiq qarshilik ko’rsatishi, 1853— 56 yillardagi Qrim urushida Rossiyaning mag’lubiyatga uchrashi imperator Nikolay I hokimiyati siyosiy tuzumining inqirozini kuchaytirdi. Ana shu omillar tazyiqi ostida imperator Aleksandr II bir qancha islohotlar o’tkazishga majbur bo’ldi. Jumladan, 1861 yil dehqonlar isloqoti o’tkazilib, 17-asr o’rtalarida joriy etilgan krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1860-70 yillardagi islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yangilash va kapitalistik munosabatlarni rivojlantirishga yo’l ochdi. Ayni vaqtda Rossiya bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Qozog’iston va O’rta Osiyo yerlarining talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boshiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda mustamlakachilik tartiblarini o’rnatdi. 19-asrning 2-yarmida mamlakatning turli ijtimoiy qatlamlarida inqilobiy kayfiyat kuchaydi. 70-80-yillarda bir qancha inqilobiy tashkilotlar («yer va erk», «Xalq irodasi» va boshqalar) tuzilib, ular Rossiyada samoderjavieni ag’darib tashlash vazifasini maqsad qilib oldi. 1881 yilda «Xalq irodasi» tashkiloti a’zolari tomonidan Aleksandr II o’ldirildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida inqilobiy siyosiy partiyalar: Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasi (RSDRP) (bu partiya 1903 yilda bolsheviklar va mensheviklardan iborat ikki fraktsiyaga bo’lindi) va Inqilobchi sotsialistlar (eserlar) partiyasi tuzildi. 1904-05 yillardagi rus-yapon urushidagi mag’lubiyat Rossiyadagi vaziyatni keskinlashtirdi, bu esa 1905— 07 yillardagi inqilobga olib keldi. Inqilob davomida Rossiya konstitutsiyali monarxiyaga o’ta boshladi; Davlat Dumasi ta’sis etildi, yangi siyosiy partiyalar (konstitutsion-demokratik, 17 oktabr Ittifoqi, rus xalqi ittifoqi va boshqalar) maydonga chiqdi. 1914-18 yillardagi l-jahon urushida Rossiya Antanta tarkibida qatnashdi. Bu urush 1917 yil Fevral inqilobiga olib kelgan yana bir ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan bo’ldi. Bu inqilob samoderjavieni ag’darib tashladi. Muvaqqat hukumat tuzildi, 1917 yil 1 sentabrda Rossiya respublika deb e’lon qilindi. 1917 yil 25 oktabrda Oktabr inqilobi sodir bo’ldi. V. I. Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hokimiyat tepasiga chiqdi. Ishchi, soldat va dehqon deputatlari Soveti hokimiyati e’lon qilindi. 1918 yil yanvarda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) tuzildi, shu yil iyulda sobiq imperator Nikolay II otib tashlandi. 1917-22 yillardagi fuqarolar urushi va harbiy interventsiya tufayli mamlakatdagi bolsheviklar partiyasidan tashqari barcha siyosiy partiyalar taqiqlandi, jamiyat va davlatni tashkil etishning harbiy-kommunistik printsiplari («harbiy kommunizm») joriy etildi, amalda Kommunistik partiya diktaturasi o’rnatildi. 1921 yil «yangi iqtisodiy siyosat» e’lon qilindi. 1922 yil 30 dekabrda Sibirdagi Lena daryosi. sobiq Rossiya imperiyasi hududida tashkil topgan RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Zakavkaze respublikalari (Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya) birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR)ni tuzdilar. RSFSR xalqlari ham SSSRning butun tarixi davomida mamlakatni industriyalash, qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish og’irligini, 20-40-yillardagi ommaviy qatag’onlar kulfatlarini boshdan kechirdilar, 2-jahon urushidagi g’alabaga, 60-70-yillardagi texnika inqilobiga katta hissa qo’shdilar. 70-yillar oxiri va, ayniqsa, 80-yillarda iqtisodiyotda salbiy tamoyillar sezila boshladi. Ko’p jihatdan mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan sanoat mamlakatning ommaviy ehtiyoj mollari ishlab chiqarishga bo’lgan talabini qondira olmas edi. Mehnat unumdorligining pastligi, uni oshirishga qiziqtiruvchi omillarning yo’qligi, butun jamiyatda to’rachilik avj olganligi va boshqa illatlar o’z ta’sirini ko’rsatdi. 1985 yil «qayta qurish» siyosati e’lon qilindi. Biroq tez orada ro’y bergan siyosiy mojarolar iqtisodiyotga qattiq zarba berdi. 1990 yil 12 iyunda RSFSR ning davlat suvereniteti to’g’risida Deklaratsiya qabul qilindi. 1991 yil 25 dekabrda RSFSR Oliy Kengashi Rossiya davlatining rasmiy nomi Rossiya Federatsiyasi (Rossiya) deb atalishini tasdiqladi. 1991 yil martida RSFSR prezidenti lavozimi ta’sis etildi (1991 yil iyunda B. N. Yeltsin RSFSR prezidenti etib saylandi). 1991 yil avgust bo’hronidan keyin o’sha yil dekabrda RSFSR, Belorussiya va Ukraina rahbarlari Belaya Veja pushchasi bitimini imzolab, SSSR tugatilganini va mustaqil davlatlar Hamdo’stligi (MDH) tuzilganini e’lon qildilar. Rossiya SSSR ning huquqiy vorisi bo’lib qoldi. 1992 yil yanvarda ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tish maqsadini ko’zlovchi iqtisodiy islohot boshlanishi e’lon qilindi. Islohotni o’tkazishdagi xatolar va noizchillik sababli iqtisodiyot tarmoqlarida tanglik holatlari ro’y berdi, bu esa aholining turmush darajasi pasayishiga olib keldi. 1993 yil sentabr oktabr inqirozi davomida Prezident farmoni bilan Sovetlar tizimi tugatildi. O’sha yil dekabrda Federal majlisga saylov o’tkazildi. 1996 yil B. Eltsin 2-navbatga prezident etib saylandi. 2000 yilda prezident lavozimiga saylangan V. Putin yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlarini ko’ra boshladi. U prezident sifatidagi xorijiy safarini O’zbekistondan boshlaganligi diqqatga sazovordir. Rossiya — SSSR ning huquqiy vorisi sifatida 1945 yildan BMT a’zosi. O’zbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 20 martda tan olgan va diplomatiya munosabatlari o’rnatgan. Milliy bayramlari — 12 iyun — suverenitet haqida deklaratsiya qabul qilingan kun (1990), 7 noyabr — Kelishuv va inoqlik kuni (1996), 12-dekabr Rossiya Konstitusiyasi kuni (1993). Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. «Yagona Rossiya» partiyasi, 2003 yil asos solingan; Liberal-demokratik partiya, 1992 yil ro’yxatga olingan; «Yabloko» demokratik partiyasi, 2001 yil tashkil etilgan; «o’ng kuchlar Ittifoqi» partiyasi, 2001 yil tuzilgan; Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi, 1993 yil ro’yxatga olingan; shuningdek, Rossiya demokratok partiyasi, «Yevraziya», «Internatsional Rossiya», Rossiya konservativ partiyasi, RF Xalq partiyasi, Rossiya xalq-vatanparvarlik partiyasi, Rossiya xalq-respublikachilar partiyasi, «Liberal Rossiya»partiyasi, «tadbirkorlikni rivojlantirish partiyasi», Rossiya Mehnat partiyasi, pensionerlar partiyasi, Rossiya sotsial-demokratik partiyasi va boshqa partiyalar; «urush faxriylari — tinchlik uchun», «askar onalari», «Qadrqiymat va mehr-muruvvat» va boshqa harakatlar faoliyat ko’rsatadi. Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi ko’pgina tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi. Xo’jaligi. Rossiya — industrialagrar mamlakat. Uning hududi 12 yirik iqtisodiy rayon (shimoliy, Shimoliy G’arbiy, Markaziy, Volga-Vyatka, Markaziy qoratuproq, Volgabo’yi, Shimoliy Kavkaz, Ural, G’arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, uzoq Sharq va Kaliningrad viloyati)ga bo’lingan. Milliy daromadda sanoatning ulushi 44,5%, qishloq xo’jalik ulushi 10%, qurilish 11,5%, transport, aloqa, moddiy-texnika ta’minoti, tayyorlov va boshqa tarmoqlarning ulushi 34%. Iqtisodiyotda davlatga qarashli korxonalar bilan bir qatorda xususiy, aralash korxonalar ham bor. Sanoati. Rossiya ko’mir, neft, tabiiy gaz qazib olishda, elektr energiya, mineral o’g’it, gazlama, po’lat, prokat, tsement ishlab chiqarishda dunyoda oldingi o’rinlardan birida turadi. Mamlakat eksporti va yoqilg’i-energetika balansida neft hamda tabiiy gazning ahamiyati katta. Neftning ko’p qismi Volgabo’yi-Ural regionida, G’arbiy Sibir, Rossiya Yevropa qismi shimoliy, Saxalin va boshqa joylarda qazib olinadi. Neft xom ashyosining aksariyat qismi «Lukoyl», «Slavneft», «Rosneft», «Bashneftexim» kompaniyalarining korxonalarida Kanta ishlanadi. Rossiyada qazib olingan neftning 99,5% «Transneft» birlashmasining magi- Stral kuvurlari (jami uzunligi 48,5 ming kilometr) orqali tashib beriladi. Aniqlangan gaz zaxiralari bo’yicha Rossiya dunyoda 1o’rinda (32% dan ko’proq) turadi va dunyoda qazib olinayotgan gazning 30% ni ta’minlaydi. Tabiiy gazning asosiy qismi Yamalnenes Muxtor okrugidagi Urengoy, Yamburg, Zapolyare, shuningdek, Orenburg konlaridan olinadi. Jami gazning 94% ni «Gazprom» birlashmasi qazib chiqaradi. Magistral gaz quvurlari uzunligi — 150 ming kilometr. Ichki bozorga yetkazib beriladigan gazning 15% kommunalmaishiy sohaga, shu jumladan, aholi ehtiyojiga, qolgan qismi sanoat ishlab chiqarishga ishlatiladi. Ko’mir zaxiralari 22 yirik ko’mir havzasida va 115 ta alohida konda joylashgan. Kuzbass va Pechora, Kanskachinsk, Janubiy Yakutiya havzalari Rossiyaning eng yirik kumir konlaridir. Rossiyada 72 aktsiyadorlik jamiyati va 6 davlat unitar korxonasi ko’mir qazib olish bilan shug’ullanadi. Ular tarkibida 114 shaxta va 125 ochiq kon bor. 68 boyitish va 1 briket fabrikasi ishlaydi. Neft va gaz bilan bir qatorda ko’mir Rossiyada elektr va issiklik energiyasi ishlab chiqarishning asosiy manbalaridan biri; metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoklari uchun tengsiz xom ashyodir. 2001 yil Rossiyada 888 milliard kvtsoat elektr energiya hosil qilindi. Barcha elektr stansiyalar Rossiya tutash elektr energetika tizimiga Birlashgan. Unga qarashli magistral elektr liniyalari va elektr podstyalarini Rossiya energetika va elektrlashtirish ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati («EES Rossiya») boshqaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, kimyoviy tola, mineral o’g’it, sulfat kislota, sintetik smola va kauchuk, avtopokrishka, lokbuyoq, agrosanoat majmuasi va tibbiyot sanoati uchun turli moddalar ishlab chiqariladi. Uning yirik korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylar — Perm viloyati, Kola yarim oroli, Tatariston, Boshqirdiston, G’arbiy Sibir, Uralda qurilgan. Keyingi vaqtlarda xom ashyo manbalaridan uzoqroq bulsa ham, iste’molchilarga yaqin joylarda kimyo korxonalari kurila boshladi. Bu korxonalar «Akron» (Novgorod viloyati), «Yaroslavl shina zavodi», «Stavropolpolimer», «Voskresensk mineral o’g’it» (Moskva viloyati), «Era» va «fosforit» (Leningrad viloyati), «Kuybishevazot» va «Volgapromxim» (samara viloyati) aktsiyadorlik jamiyatlari hamda Angara neft kimyosi kompaniyasi va boshqalar tarkibiga kiradi. Metallurgiya mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoqlaridan biridir. Uning to’liq tsiklli korxonalari Ural (Magnitogorsk, Chelyabinsk, Nijniy Tagil), Markaziy iqtisodiy rnlarida (Lipesk, tula) va G’arbiy Sibirda (Novokuznesk) joylashgan bo’lib, chuyan, pulat, tayyor prokat ishlab chiqaradi. Kalay, mis, qo’rg’oshin, rux, alyuminiy, volfram, nikel, molibden rangli metallurgiyaning eng muhim mahsulotlaridir. Uning asosiy markazlari: Norilsk, Krasnoyarsk, Irkutsk, Sayanogorsk va boshqalar. Mashinasozlik va metall ishlash sanoati korxonalari Rossiyaning hamma iqtisodiy rayonlarida mavjud. 20-asr oxiri — 21-asr boshlarida energetika, transport, kimyo, neft mashinasozligi, aviatsiya va raketakosmos sanoati, radioelektronika, elektrotexnika sanoati mashinasozligi, priborsozlik, elektron sanoati va kemasozlik ayniqsa tez rivojlandi. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati yangi turdagi serunum asbob-uskunalar ishlab chiqarishni ko’paytirdi. Rossiyaning 72 sub’yektida mudofaa sanoati tarmoqlarining 1700 korxona va tashkiloti bor. Dunyodagi yog’och zaxiralarining 22% Rossiyaga to’g’ri keladi. Rossiya o’rmon sanoati yog’och tayyorlash, yog’ochsozlik, tsellyulozaqogoz, gidroliz va yog’och kimyosi tarmoklarini o’z ichiga oladi. Arxangelsk, Siktivkar, Enisey, Bratsk, Amur urmon sanoati majmualari barpo etilgan. Qurilish materiallari sanoati markazlari: Ural, Volgabuyi, Shim. Kavkaz va Markaziy iqtisodiy rnlaridir. Yengil sanoatda to’qimachilik yetakchi o’rinda. Uning yirik markazlari bo’lgan Ivanovo, Moskva, Yaroslavl, Orexovo-Zuevo, Tver shaharlarida ip, zig’ir, shoyi, jun gazlamaning aksariyat qismi ishlab chiqariladi. Barcha iqtisodiy rnlarda aholining ehtiyojlariga qarab va xom ashyo manbalari imkoniyatlariga mos ravishda oziq-ovqat sanoati rivojlantirilgan. Go’sht, sariyog’-pishloq, konserva, qand, yog’ zavodlari qurilgan. Shimol va uzoq Sharqda, qora, Azov va Kaspiy dengizlari atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar 197,6 million gektar; shundan 85,4 million gektari haydaladigan yer, qolgan qismi pichanzor va yaylov. Haydaladigan yerlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabuyi, shimoliy Kavkaz, Ural va G’arbiy Sibir iqtisodiy rayonlariga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jalik yalpi mahsulotining 47,2% ni dehqonchilik va 52,8% ni chorvachilik beradi. Asosiy ekinlari: g’alla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabazavot, zig’ir va boshqalar. Volgabuyi, Shim. Kavkaz, G’arbiy Sibir, Ural va Markaziy rayonlarda bug’doy, shimoliy, Shimoliy G’arbiy va Markaziy rayonlarda zig’ir, shimoliy Kavkaz, Volgabuyi, Markaziy rayonlarda kungaboqar, Markaziy va shimoliy Kavkazda qand lavlagi yetishtiriladi. Turli rayonlarda meva, rezavor va uzumzorlar bor. 4,29 million gektar yer sug’oriladi (asosan, shimoliy Kavkaz va Volgabuyida). Rossiyaning iqtisodiy va tabiiy sharoiti chorvachilikning barcha tarmoqlarini rivojlantirish uchun qulay. Volgabuyi, G’arbiy Sibir, Shimoliy Kavkaz, Ural, Markaziy iqtisodiy rnlarda qoramol ko’proq boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi va cho’chqachilik, chekka shimolda bug’uchilik va hayvonotchilik rivojlangan. Ko’pgina joylarda parrandachilik, asalarichilikka katta ahamiyat beriladi. 20-asrning 90-yillaridan qishloq xo’jalikda ham islohatlar o’tkazila boshladi, yerga egalik qilishning yangi shakllarini joriy etishga kirishildi. Transporti. Rossiyada zamonaviy transportning hamma turlari rivojlangan. Temir yo’l uzunligi — 139 ming kilometr (86 ming kilometr magistral temir yo’l), qattiq qoplamali avtomobil yo’llari uzunligi — 754 ming kilometr, kema qatnaydigan ichki suv yo’llari uzunligi — 84,6 ming kilometr (Belomor—Boltiq kanali, Moskva nomli kanal, Volga—don kanali, Volga— Boltiqsuv yo’li va boshqalar), magistral neft va gaz quvurlari uzunligi — 213 ming kilometr. Temir yo’llarning eng serqatnov va kup yuk tashiladigan magistrallari elektrlashtirilgan. Mamlakat yuk aylanmasining 70% temir yo’l transportiga to’g’ri keladi. Ichki yuklarning bir qismi avtomobil va daryo transportida, tashqi savdo yuklarining aksariyati dengiz transportida tashiladi. Dengiz savdo flotining hajmi — 8,3 million tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: Sankt-Peterburg, Vanino, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Arxangelsk, Vladivostok. Yirik avtomobil yo’llari kesishgan shaharlar: Moskva, Sankt- Peterburg, Novosibirsk, Xabarovsk, Adler, Mineralnie Vodi. Havo transportining ahamiyati katta. Barcha iqtisodiy rayonlar, yirik shaharlar o’rtasida, yaqin va olis xorij mamlakatlari bilan aviatsiya qatnovi yulga qo’yilgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Irkusk, Vladivostokda yirik xalqaro aeroportlar bor. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibrsk, Nijniy Novgorod, Samara, Yekaterinburg shaharlarida metropoliten qurilgan. Tashqi savdosi. Rossiya — dunyoda qudratli eksport va import imkoniyatlariga ega bo’lgan davlatlardan biri. U chetga mashina va uskunalar, transport vositalari, metall, qimmatbaho toshlar, neft, tabiiy gaz, kumir, kimyoviy moddalar, yog’och, kauchuk, xom teri, to’qimachilik mahsulotlari va boshqalar eksport qiladi. Chetdan elektronika, ro’zg’or texnikasi, xalq iste’mol mollari, qishloq xo’jalik mahsulotlari va xom ashyosi sotib oladi. MDH, Boltiq bo’yi mamlakatlari, Italiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Niderlandiya, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi — rubl. Tibbiy xizmati. Aholining sog’lig’ini saqlash tizimi 20-asrning oxirlarida isloh qilina boshladi. Davlat poliklinikalari va kasalxonalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham ochildi, muqobil tibbiy xizmat shakllari rivojlana boshladi. 90-yillarning o’rtalarida Rossiyada 12 mingga yaqin kasalxona muassasasi bo’lib, ularda 4 millionga yaqin xodim, shu jumladan barcha ixtisosdagi 650 ming vrach ishladi. Har 10 ming aholiga kasalxonalarda 135 o’rin to’g’ri keldi. Tibbiyot sohasidagi ilmiy faoliyatni Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi muvofiqlashtirib turadi. Rossiyada 7 mingga yaqin sanatoriy va boshqa dam olish muassasalari bor. Vrachlar har bir iqtisodiy rayondagi tibbiyot oliy o’quv yurtlarida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. Rossiyada ta’limning barcha turlarini takomillashtirishning maqsad va vazifalari 2000 yilda qabul etilgan Rossiya Federatsiyasi Milliy ta’lim doktrinasi va 2010 yilgacha bo’lgan davrda ta’limni modernizatsiyalash kontsepsiyasida belgilangan. Kelgusida ham umumiy ta’lim maktabi yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning asosiy bo’g’ini bo’lib qoladi. 2000 yil mamlakatda 68804 maktab bo’lib, uning 635 tasi xususiy maktab edi. Ularda 1748 ming o’qituvchi 20879 ming o’quvchiga ta’lim beradi. Rossiyada hunar-texnika ta’limi beradigan texnika kollejlari, tijorat bilim yurtlari, markazlar, biznesmaktablar va boshqalar bor. 2000 yilda 2589 davlat o’rta maxsus o’quv yurtida 2312 ming o’quvchi ta’lim oldi. Oliy o’quv yurtlari tarkibiga uniersitet, o’quv akademiyalari, oliy bilim yurtlari, konservatoriya va institutlar kiradi. 2000/2001 o’quv yili Rossiyadagi 965 oliy o’quv yurtida 4742 ming talaba o’qidi, shu jumladan, 358 nodavlat oliy o’quv yurtida 471 ming talaba ta’lim oldi. Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Yekaterinburg universitetlari eng qadimgi va yirik universitetlar hisoblanadi. Rossiya Fanlar akademiyasi mamlakatdagi ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi, uning institutlari ilm-fanning eng muhim sohalarida ilmiy tadqiqot olib boradi. Bundan tashqari, Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi, Rossiya ta’lim akademiyasi, qishloq xo’jalik Fanlar Akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi (1992) ham faoliyat yuritadi. Rossiyada 130 mingdan ko’proq kutubxona bor. Eng yiriklari: Rossiya davlat kutubxonasi (42 million asar), Rossiya milliy kutubxonasi (33 million asar), M.I.Rudomino nomidagi Umumrossiya davlat chet el adabiyoti kutubxonasi (4,4 million asar), Davlat ommaviy tarix kutubxonasi (3,2 million asar), Davlat ijtimoiy-siyosiy kutubxonasi (2,2 million asar) va boshqalar. 2000 yil mamlakatda 1664 muzey ishladi. Mashhurlari: Ermitaj, Petergof, Kunstkamera, Moskva Kremli, Davlat tarix muzeyi, Tretyakov galereyasi, «SpasskLutovinovo», «tarxanlar» va boshqalar. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Rossiyada 5758 nomda gazeta nashr etiladi; shundan 333 tasi Umumrossiya gazetalari bo’lsa, qolganlari milliy respublikalar, Muxtor viloyatlar, o’lka va viloyatlar, okrug, shaqar, tumanlar miqyosida chiqadigan va tarmoq gazetalari va boshqalar. Eng yiriklari: «Izvestiya» («axborot», 1917 yildan), «Pravda» («haqiqat», 1912 yildan), «Trud» («mehnat», 1921 yildan), «Komsomolskaya Pravda» («komsomol haqiqati», 1925 yildan), «nezavisimaya gazeta» («mustaqil gazeta», 1990 yildan), «Obtshaya gazeta» («umumiy gazeta», 1997 yildan), «Novie Izvestiya» («Yangi xabarlar», 1997 yildan), «Selskaya jizn» («qishloq hayoti», 1918 yildan), «Ekonomicheskaya gazeta» («iqtisodiy gazeta», 1918 yildan), «Uchitelskaya gazeta» («o’qituvchilar gazetasi», 1924 yildan), «Literaturnaya gazeta» («Adabiyot gazetasi», 1925 yildan). 2781 nomda jurnal chiqariladi; eng yirik adabiy jurnallar: «Noviy Mir» («yangi dunyo», 1925 yildan), «Znamya» («bayroq», 1931 yildan), «Oktyabr» (1924 yildan), «Inostrannaya literatura» («xorijiy adabiyot», 1955 yildan), «Novoe vremya» («yangi davr», 1943 yildan; 1899-1943 yillarda «Ogonyok»), «Rabotnisa» («ishchi ayol», 1923 yildan), «krestyanka» («dehqon ayol», 1922 yildan) va boshqalar. Rossiya davlat teleradio sektori po kanal va 120 ga yaqin radiostyadan iborat (2001). Tijorat telekanallari va radiostyalari ham bor. RATATASS axborot agentligi, Rossiya «Novosti» axborot agentligi, «Interfaks» axborot agentligi faoliyat yuritadi. Adabiyoti. Xalq qo’shiqlari aso- sidagi og’zaki ijod 11 — 17-asrlarda yuqori bosqichga ko’tarildi. Dastavval dehqonlar mehnatini va ularning krepostnoylikka qarshi kayfiyatini aks ettiruvchi asarlar, 18-asrdan ishchilar hayotini ifodalovchi qo’shiqlar yaratildi. Dostonlarda Vatan dushmanlariga qarshi kurashgan Ilya Muromes, Dobrinya Nikitich, Vasiliy Buslaev kabilarning qahramonligi madh etildi. Qad. rus adabiyotining (10-asr oxiri — 17-asrlar) dastlabki yozma yodgorliklari Kiyev Rusida yaratildi. Rus xalqining birligi masalalari bu davr adabiyotining asosiy mavzui edi. «Igor polka jangnomasi» 12-asr oxiridagi salmoqli adabiy yodgorlikdir. 14-15-asrlarda ko’pgina afsonaviy-tarixiy qissalar yaratildi («Novgorodlik va suzdalliklar jangi haqida afsona», Novgorodlik Ionn xaqidagi afsonalar turkumi, «Smolensklik Merkuriy qissasi», «Temur haqida qissa» va boshqalar). 15-16-asrlar adabiyotida siyosiy afsona va publitsistika rivojlandi. 17-asrda adabiyot turmush bilan yaqinlashdi, nasriy asarlarda insonning ahvolruhiyatini taxlil qilishga asosiy e’tibor berila boshladi. Rus adabiyoti siyosiy turmush va ijtimoiy kurashning ayrim sohalarini aks ettirish orqali dunyoviy mavzularni yoritishga o’tdi. 18-asrda qissa, sevgi lirikasi, ijtimoiy-siyosiy she’riyat va hajvchilik rivoj topdi (V. Trediakovskiy, M.Lomonosov, A. Sumarokov ijodi). D.Fonvizin, I.Krilov haqqoniy pyesalari, Ya.Knyajnin, G. Derjavin she’rlari, N. Karamzin va A. Radishchev nasri shuhrat qozondi. 19-asr boshlarida V.Jukovskiy romantizm ruhida ijod qila boshladi. Romantizmning isyonkorlik yo’nalishi yosh A.S.Pushkin hamda Dekabrist shoirlar K.Rileyev, V.Kyuxelbeker, A.Bestujev-Marlinskiy, A. Odoevskiy va boshqalar ijodida namoyon bo’ldi. A. Pushkin yangi rus adabiyotiga asos soldi. M. Lermontov uning an’analarini davom ettirdi. N. Gogol asarlari rus adabiyotida tanqidiy realizm uzil-kesil qaror topganligini tasdiqladi. 19-asrning 40-yillarida V.Belinskiy ilmiy-adabiy tanqidchilik asoslarini yaratdi. A.Gersen, N. Chernishevskiy, N. Dobrolyubov, D. Pisarev publitsistikasi jamiyat illatlarini fosh etdi. 19-asrning 2-yarmida tanqidiy realizm barq urdi (F.M.Dostoevskiy, A.F.Pisemskiy, I.S. Turgenev, I.A.Goncharov, A.P.Chexov va boshqalar ijodi). L. Tolstoy «urush va tinchlik» romanida keng qamrovli tarixiy voqealar va insoniy taqdirlar xilma-xilligining badiiy tasviri namunasini yaratdi. A.P.Chexov ijodi ijtimoiy o’zgarishlarni aks ettirdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida A.M.Gorkiy, I.A.Bunin, V.V.Veresaev adabiyotga kirib keldi. So’ng simvolistlar, akmeistlar, futuristlar paydo bo’ldi. V.Ya.Bryusov, A.A.Blok, N.V.Gumilyov, A.A. Axmatova, O.E.Mandelshtam, S.A.Yesenin, B.L.Pasternak va boshqalar ijodi adabiyotni g’oyat jonlantirib yubordi. V.V.Mayakovskiy notiqlik she’riyatini yuqori pog’onaga ko’tardi. 20-asrning 1-yarmida M.M.Zoshchenko hikoyalari, A.P.Platonov, K.A.Fedin, V.A.Kaverin, M.A.Sholoxov, M.A.Bulgakov, A. Tolstoy romanlari Nasr janrini rivojlantirdi. 2-jahon urushi va undan keyingi davrda ko’pchilik adiblar (I.G.Erenburg, A.T.Tvardovskiy, E.A.Evtushenko) insoniyat boshiga tushgan kulfatlarni tasvirlovchi va tinchlik hamda insonparvarlikka chaqiruvchi asarlar yaratishdi. M.A. Sholoxov, M.Kalinin, G.Baklanov, Yu.Bondarev, B. Vasilev asarlarida urush manzaralari keng ko’lamda aks ettirildi. 50-yillarning o’rtalarida shaxsga sig’inish qoralanishi tufayli boshlangan «iliqlik» davrida V.D.Odintsevning «nonning o’zi rizqro’z emas» romani, V.V. Ovechkinning «Rayonning oddiy kunlari» qissasi, A.Ya.Yashinning «pishanglar» hikoyasi, P.F. Nilinning «shafqatsizlik» va «Sinov muddati» qissalari, S.Antonov va V.F.Tendryakovning nasriy asarlarida mafkuraviy aqidalar rad qilindi, to’rachilik tanqid ostiga olindi, qishloqdagi qoloqliklar fosh etildi. Ammo siyosiy «iliqlik» haqiqiy ijodiy erkinlikka olib kelmadi. 60-yillar o’rtalarida adabiyot ustidan siyosiy nazorat kuchaydi. Ko’pgina qalam sohiblari (A.Soljenisin, V.Voynovich, B.Pasternak, S.Sokolov va boshqalar)ning siyosiy qatag’onlar davri dahshatlarini insonlar taqdiri misolida tasvirlagan va jamiyat illatlarini hajv qilgan asarlari Rossiyada nashr etilishiga ijozat berilmadi. Ularning ayrimlari chet ellarda bosilgan bo’lsa, «qayta qurish» davrida Rossiyada ham dunyo yuzini ko’rdi. «Qayta qurish» davrida «fosh qiluvchi» asarlar ko’plab dunyoga keldi, ayniqsa, publisistika rivoj topdi. Rasmiy sosialistik mafkura qobig’iga sig’maydigan asarlar (Bulgakovning «it yurak» qissasi, Pasternakning «Doktor Jivago» romani, Soljenisin, V. V. Nabokov va boshqa adiblarning asarlari) ham nashr etildi. Me’morligi va tasviriy san’ati. Qadimgi rus san’ati Sharqiy slavyan kqabilalari badiiy madaniyati yutuqlari asosida, qo’shni davlatlar, ayniqsa, Vizantiya madaniyati ta’sirida shakllangan. Kiyevdagi Ayosofiya ibodatxonasi (1030-40) saqlangan. 13 gumbazli bu ibodatxona andozasida Novgorodda ham Sofiya sobori (1045-50) undan soddaroq qilib qurildi. 1036 yilga oid qo’lyozmada Chernigovdagi Spas Preobrajenie sobori tilga olingan. 12— 13-asrlarda rus madaniyati ravnaq topdi, yirik bino (ibodatxona, monastir, saroy)lar qurildi, ular freska, mozaika bilan bezatildi, ikona san’ati, kitob miniatyurasi yuqori darajaga ko’tarildi. 19-asrda Moskva Kremli dastlab emandan (1339), keyin Oqtoshdan (1367) qurildi. 15-asr 2-yarmida markazlashgan rus davlatining tashkil topishi tufayli Moskva yirik madaniy markazga aylandi. 16-asrda bu yerda tosh ibodatxonalarning o’ziga xos shakli — chodirsimon tomli minoralar (Kolomenskoye qishlog’idagi voznesenie cherkovi, Moskvadagi Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi va boshqalar) barpo etildi. Nijniy Novgorod, Tula, Kolomna, Zaraysk, Smolensk, Serpuxovda kremllar qurildi. Turar joylarning aksariyati yog’ochdan ishlandi. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida rus rassomligi yangi pog’onaga ko’tarildi, Moskvada Feofan Grek, Andrey Rublyov kabi atoqli rassomlar ijod qildi. 15-asr oxiri va 16-asr boshida Dionisiy ibodatxona devoriga ishlagan avliyolar rasmlari bilan shuxrat qozondi. 17-asr tasviriy san’ati dunyoviy mazmun bilan boyidi. Shimoliy Kavkazda toshdan xristian ibodatxonalari, keyinroq masjidlar ko’plab kurildi, metallni badiiy ishlash san’ati yuksak darajaga kutarildi. 18-asr — 19-asrning 1-yarmida Yevropa bilan aloqa kuchayishi tufayli u yerdan ko’pgina rassomlar Rossiyaga keldi; rus rassomlari G’arbda ta’lim oldi. 1757 yil Peterburgda Yevropa toifasidagi badiiy akademiyaga asos solindi. Shaharsozlikka e’tibor kuchaydi, rus me’morligi G’arbiy Yevropa uslubida rivojlandi, barokko, klassisizm uslublari kirib keldi. Rossiya shaharlarini qayta qurishning 400 ga yaqin loyihasi ishlab chiqildi. M.F. Kazakov, A.N .Voronixin, A. D. Zaxarov, K.I.Rossi kabi atoqli me’morlar yetishib chiqdi. Bu davr tasviriy san’atida portret janri yuksaldi. 18-asrning 2-yarmida D.G.Leviskiy, V.L.Borovikovskiy, F.I.Shubinlarning ijodi rus tasviriy san’atida salmoqli o’rin oldi. O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin, K.P.Bryullov kabi rassomlar zamondoshlar ahvolruhiyatini zo’r mahorat bilan ifodaladi. 19-asr o’rtalarida maishiy janr yuksala bordi. Me’morlik bilan hamohang tarzda amaliy san’at ham rivojlandi. Yog’och o’ymakorligi, keramika, kashtachilik sohasida nafis buyumlar tayyorlash urf bo’ldi. 19-asrning 2-yarmida yangi binokorlik materiallari (metal konstruktsiyalar)dan foydalanib sanoat va transport inshootlari barpo etila boshladi, bank, kasalxona, mehmonxona, ko’p qavatli turar joylar qurilishi avj oldi. 20-asr boshlarida tasviriy san’at rivoj topdi: I. E. Repin, I. N. Kramskoy, N.A.Yaroshenko, S.V.Ivanov kabi rassomlar jozibador asarlar yaratdilar. 1917 yil oktabr to’ntarishi san’at ahlini ikkiga bo’lib yubordi. K.S.Malevich, E.E.Lansere o’zlarini «inqilob kuychisi» deb atadilar. A. A. Benua, K.A.Somov kabi mashxur rassomlar esa chet ellarga bosh olib ketdilar. Sovet davrida milliy bisotni saqlash haqidagi dekretlarga qaramay, faqat inqilobga xizmat qiladigan san’at asarlarigina saqlab qolindi, boshqalari vahshiyona yo’q qilib tashlandi. Inqilob hamda fuqaro urushi voqealari va qahramonlarini tasvirlovchi rasm va haykallar yaratish rag’batlantirildi. Me’morlar baxaybat shaxar va inshootlar loyixalarini chiza boshladilar. 40-yillarning 2-yarmi va 50-yillarda 2-jahon urushida vayron bo’lgan shaharlarni qayta tiklash va yangi sanoat markazlarini barpo etishga kirishildi. Stalingrad (Volgograd), Smolensk, Kursk, Novgorod kabi shaharlar yangidan qurildi. Moskvada baland binolar (Moskva universiteti, me’morlar L.V.Rudnev, S.E.Chernishev, P.V.Abrosimov, A.F. Xryakov; mehmonxonalar), qishloq xo’jaligi yutuqlari ko’rgazmasi kabi mahobatli inshootlar, me’moriy majmualar, ko’p qavatli turar joylar barpo etildi. Zamonaviy loyihalar asosida industrial qurilish usullaridan, yig’ma temirbeton va boshqa yangi qurilish materiallaridan foydalanishga o’tildi. Rassomlikning barcha janrlari rivojlandi. Maishiy janrda A.A. Milnikov, F.P.Reshetnikov, A.A.Plastov, portret janrida M.S.Saryan, V.M.Oreshnikov, kari- katurada B.I.Prorokov, Kukrinkslar, V.N.Goryaev, estampda G.S.Vereyskiy, Yu.I.Pimenev, haykaltaroshlikda N.V.Tomskiy, L.E.Kerbel, E.V.Vuchetich, M.K.Anikushin, teatr va kino rassomligida V. Rindin, N.Zolotaryov, E.Stenberg, rangtasvirda N. Andronov, V.Popkov, T. Salaxov jozibador asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy xayotga qiziqish kuchaydi. Xalq hunarmandchiligining yog’ochsozlik, kulolchilik, kandakorlik, sirkorlik, suyak o’ymakorligi, toshtaroshlik, kashtachilik, gilamdo’zlik kabi turlari rivojlandi. Musiqasi. Qadimgi rus musiqasi o’z mazmuni, janri, shakl va ifoda vositalariga ko’ra xilma-xil bo’lib, mehnat, marosim, qahramonlik, hazil va sevgi qo’shiqlaridan iborat. Xalq xorida geterofoniyata asoslangan ko’p ovozli musiqa shakli rivojlandi. Asosiy musiqa asboblari — gusli, domra, keyinchalik balalayka, gitara, garmon, bayan va boshqalar. Skomoroxlar san’ati xalq ijodiga yaqin bo’lgan. 10-asr oxirida xristianlik qabul qilingach, cherkov xonandaligi rivojlandi, musiqa yozuvi o’zlashtirildi. 17-18-asrlarda cherkov xonandaligida ko’p ovozlilik paydo bo’lishi bilan birga ko’p ovozli dunyoviy qo’shiqlar ham tarqaldi, jamiyat hayotida musiqaning roli oshdi, zamonaviy professional musiqa janrlari yaratildi. Peterburg va Moskvada opera teatrlari paydo bo’ldi. E. Fomin, V. Pashkevich, I.Xandoshkin, D.Bortnyanskiy kabi kompozitorlar yetishib chiqdi. 19-asrning 2-choragida M. Glinka rus musiqasini jahon madaniyati yutuqlari darajasiga ko’tardi. Uning an’analarini A. Dargomijskiy davom ettirdi. 1859 yil A. Rubinshteyn tashabbusi bilan Peterburgda Rossiya musiqa jamiyati tuzildi. Peterburg (1862) va Moskva (1866) konservatoriyalari tashkil topdi. Kompozitorlarning «qudratli tuda» ijodiy guruhi (M.Balakirev, A.Borodin, M. Musorgskiy, N. Rimskiy-Korsakov va boshqalar)ning faoliyatida davr nafasi aks etdi. P. Chaykovskiyning simfonik va kamer asarlari, opera va baletlari 19-asr jahon musiqasi rivojida muhim bosqich bo’ldi. S. Raxmaninov, A. Skryabin ijodi 20-asr boshlariga to’g’ri keldi. Ular ketidan yetishib chiqqan. S.Prokofev, D.Shostakovich, N.Myaskovskiy, A. Xachaturyan, T.Xrennikov va boshqa turli musiqiy janrlarda salmokli asarlar yaratdi. 20-asr boshlarida ijrochixonandalar F. Shalyapin, L. Sobinov, A.Nejdanova, pianinochilar F. Safonov, K. Igumnov, G. Neygauz, skripkachi L. Auer, 20-asrning 2-yarmida dirijyorlar — A.M. Pazovskiy, N.S. Golovanov, E. Mravinskiy, E. Svetlanov, G. Rojdestvenskiy, S.S.Samosud, pianinochilar — E. Gilels, S.Rixter, skripkachi — D.F. Oystrax, L.B.Kogan, V.V. Tretyakov, V.T.Spivakov, violonchelchilar — D.B.Shafran, I.Rostropovich, N. Gutman, xonandalar — N.A. Stepanova, E.V.Obraztsova, I. S.Kozlovskiy, S.Ya.Lemeshev, V.A.Atlantov va boshqalar mashhur bo’ldilar. 20-asrning oxirgi o’n yilliklarida R. Shchedrin, A. Petrov, B. Tishchenko, E.V.Denisov, S.A.Gubaydulina, A.G.Shnitke kabi kompozitorlar opera, simfoniya va vokalsimfonik janrlarda ijod qildilar. G.V. Sviridov rus mumtoz musiqasi an’analarini davom ettirdi. Estrada musiqasi rivoj topdi. Mualliflik qo’shigi deb atalgan yo’nalish (B. Okudjava, A.Galich, V.Visoskiy, Yu.Vizbor) shuhrat qozondi. Eng mashhur estrada, jaz va rok qo’shiqchilar orasida I. Kobzon, L. Zikina, A. Gradskiy, A.Pugachyova, F.Kirkorov, Yu. Antonov, L. Leshchenko, B. Soy, L. Dolina, V. Leontev va boshqalar bor. 2-jahon urushi yillari Leningrad konservatoriyasi Toshkentga evakuatsiya qilindi. Bu yerda uning ijrochilari hamda mahalliy ijrochilar tomonidan D. Shostakovichning «Leningradnoma» simfoniyasi ilk bor (1942 yil 22 iyun) ijro etildi. Moskva konservatoriyasi va uning huzurida faoliyat ko’rsatgan Moskva o’zbek opera studiyasi o’zbek milliy opera san’ati kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga katta hissa qo’shgan. Turli davrlarda L. Sobinov, A. Nejdanova kabi opera solistlari, L. Oborin, G. Ginzburg, M. Rostropovich, G. Grodberg, D. Shafran, Yu. Bashmet, L. Kogan singari sozandalar, D. Shostakovich, A. Xachaturyan, T. Xrennikov kabi kompozitorlar, Z. Doluxanova, I. Arxipova, T. Milashkina, I. Kobzon, A. Pugachyova singari xonandalar, V. Spivakov rahbarligidagi «Moskva virtuozlari» kamer orkestri, E. Svetlanov rahbarligidagi Rossiya simfonik orkestri, «Katta teatr» xonanda va raqqosalari va boshqalar. O’zbekistonda gastrolda bulishgan. Teatri. Teatr san’ati unsurlari mehnat jarayoni va diniy marosimlar, xalq o’yinlari, bayramlar bilan bog’liq holda yuzaga kelgan. Teatr madaniyatining dastlabki namoyandalari skomoroxlardir (ular birinchi bor 1048 yil yilnomalarda tilga olingan). 1648 yil ularning tomoshalarini cherkov taqiqlab qo’ydi (spektakllarda cherkov va hokimiyatni hajv qiluvchi ko’rinishlar bo’lgan). Skomoroxlarning an’analarini qo’g’irchoq teatri davom ettirdi. 16-asr 2-yarmida maktab teatriga asos solindi, cherkov, saroy teatrlari vujudga keldi. Rossiyada yevropacha shakldagi drama teatri 17-asr oxirida paydo bo’ddi. 1703 yil podshoh Pyotr I ning buyrug’i bilan Moskva qizil maydonida teatr binosi qurildi, unda tomoshalar ko’rsatildi. 18-asr boshlarida havaskorlik teatrlari, Moskva universiteti huzurida teatr tashkil etildi. A. Sumarokov rus professional dramaturgiyasiga asos soldi, uning nazariyotchisi va amaliyotchisi bo’ldi. 1776 yil Peterburgda birinchi doimiy teatr ishlay boshladi, shu teatr «asosida 1780 yil Pyotr teatri, 1776 yil Moskva Bolshoy teatri (katta teatr), 1824 yil Maliy teatr (kichik teatr) tashkil topdi. 1832 yil Peterburgda Aleksandr (hozirgi Pushkin nomidagi) teatr binosi kurildi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida krepostnoy teatrlari keng yoyildi. 1812 yil Vatan urushidan keyin rus sahnasida U. Shekspir, F. Shiller, D. Fonvizin, V. Kapnist, I. Krilov, V. Ozerov asarlari ko’rsatildi. Ko’ngilochar tarjima asarlarini A.Griboedov, N. Gogol, A. Pushkin, A. Ostrovskiy pyesalari siqib chiqardi. G.N.Fedotova, A.I.Yujin, V.N.Davidov kabi aktyorlar sahna madaniyatini yuqori ko’tardilar. 1898 yil K.S.Stanislavskiy bilan V.I.Nemirovich-Danchenko tomonidan Moskva badiiy teatri tashkil etildi. 20-asr boshlarida Moskva va Peterburgda bir qator yangi teatrlar, tajriba teatr studiyalari, viloyatlarda turli yo’nalishdagi teatrlar ish boshladi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida ishchi yoshlar teatrlari ommalashdi. Ko’pchiligi havaskor va yarim professional jamoalardan iborat bo’lgan bu teatrlar keyinchalik professional teatrlarga negiz bo’ldi. Ayniqsa, 30-yillar sahnasida inqilobiy-tarixiy pyesalar ustunlik qildi. 2-jahon urushi yillarida ko’pgina teatrlar sharqqa ko’chirildi, front teatrlari va artistlar brigadalari tashkil etildi. Urushdan keyingi yillarda teatr san’atining rivoji notekis va ziddiyatli bo’ldi. Bu sohaga hokimiyatning aralashuvi ko’pgina teatr jamoalari, ayrim san’at arboblari va aktyorlar ijodiga asoratli ta’sir qildi. 50-yillar oxiri — 80-yillarda rus mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi asarlarini yangicha talqin qiluvchi spektakllar paydo bo’ddi. F.M.Dostoevskiy, L.N.Tolstoy, A.P.Chexov, J.B.Moler pyesalari bilan bir qatorda B.L.Vasilev, F.A.Abramov, V.M.Shukshin, V.N.Voynovich qissalari sahnalashtirildi. 80-yillarda teatrlarning faoliyat sharoiti tubdan o’zgardi, tsenzura bekor qilindi, spektakllarning rahbar organlar tomonidan «qabul kilinishi» barham topdi. Yu. P. Lyubimov, G.A. Tovstonogov, L.E.Xeyfes, R. Simonov, P.O.Xomskiy, Yu.I.Eryomin kabi rejissyorlar tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarni zo’r mahorat bilan sahnalashtirdilar, aktyorlardan — Yu.K.Borisova, K.Yu.Lavrov, I.M.Smoktunovskiy, M.A.Ulyanov va boshqalar teatr taraqqiyotiga muhim hissa qo’shdilar. Rossiyada opera va balet san’ati, shuningdek, qo’g’irchoq teatri, tsirk san’ati ham rivojlangan. Yuqorida sanab o’tilgan teatrlardan tashqari Moskvada E. Vaxtangov nomidagi, Mossovet nomidagi, Sankt-Peterburgda V. Komissarjevskaya nomidagi teatr, A. Raykin nomidagi satira teatri, Moskvada S. Obrazsov nomidagi qo’g’irchoq teatri, «Kreml baleti» teatri va boshqa teatrlar mashhur. Teatr uchun kadrlar Rossiya teatr san’ati akademiyasi, B.Shchukin nomidagi, M. Shchepkin nomidagi teatr bilim yurtlari, teatr badiiytexnika bilim yurti, tsirk va estrada san’ati bilim yurti va boshqa o’quv yurtlarida tayyorlanadi. Kinosi. 1908 yildan Sankt-Peterburgda A. Drankovning, Moskvada A. Xanjonkov va I. Ermolevning kino firmalari tashkil etildi. Ilk kinochilar xalq qo’shiqlari, mumtoz adabiyot asarlari asosida filmlar yaratishdi («Stenka Razin va Knyaz qizi», rejissyor V.F.Romashkov, 1908; «Sevastopol mudofaasi», rejissyor V.M.Goncharov va A. A. Xanjonkov, 1911). 1910-yillarda «dvoryanlar uyasi» (rejissyor V.R.Gardin), «Qarg’a motkasi» (rejissyor Ya. Protazanov) filmlari suratga olindi. 20-30-yillarda rejissyorlardan S.Eyzenshteyn, A. Ivanovskiy, G. Roshal, V. Pudovkin, D. Vertov tarixiy va hajviy filmlarni tomoshabinlarga taqtsim etdi. «Hayotga yo’llanma» nomli birinchi ovozli badiiy film (rejissyor N. Ekk) 1931 yil yaratildi. Shundan keyin «Aleksandr Nevskiy» (rejissyor Eyzenshteyn), Petr I (rejissyor V. Petrov) kabi tarixiy, «Quvnoq yigitlar», «Volga-volga» (rejissyor G. Aleksandrov), «Traktorchilar» (rejissyor I. Pirev) kabi hajviy filmlar ekranga chiqarildi. 2-jahon urushi va undan keyingi yillar kinematografiyasining ko’pchilik asarlari vatanparvarlik, fan-texnika inqilobi, jumladan, kosmosni zabt etish mavzulariga bag’ishlandi («u Vatanni himoya qiladi», rejissyor F. Ermler; «Turnalar uchmoqda», rejissyor M. Kalatozov; «inson taqdiri», rejissyor S. Bondarchuk; «olovning bo’ysundirilishi», rejissyor D.L.Xrabroviskiy va boshqalar). Mumtoz adabiyot asarlarini ekranlashtirish doim katta o’rin olib keldi. Jumladan, F. Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo» (1970, rejissyor L.A.Kulijanov), M. Gorkiyning «Yegor Bulichev va boshqalar» (1973, rejissyor Yu. Solovev) va «Vassa» (1983, rejissyor G. Panfilov), M. Bulgakovning «Qochish» (1971, rejissyor A.Alov, V. Naumov), Chexovning «dasht» (1977, rejissyor S. Bondarchuk), I. Goncharovning «I.I.Oblomov hayotining bir necha kuni» (1980, rejissyor N. Mixalkov), A. Tolstoyning «Petrning yoshligi» (1981, rejissyor S.Gerasimov) asarlari suratga olindi. Rejissyor V. Menshovning «Moskva ko’z yoshlarga ishonmaydi» va A. Mittaning «ekipaj» filmlari Rossiya kinematografiyasida ijtimoiy va ma’naviy yo’nalishga e’tibor kuchayganidan darak berdi. 60-80-yillarda G.Chuxray, V. Shukshin, G. Panfilov, N. Mixalqov, E. Ryazanov kabi rejissyorlar barakali ijod qildilar. 90-yillarda voyaga yetgan rejissyorlar avlodi keksa kino arboblari bilan ijodiy bahs yuritib, mafkura sohasidagina emas, badiiy vositalar, ifoda usullari borasida ham yangi yo’llarni izlay boshladi. Rossiyada hujjatli, ilmiyommabop va multiplikatsiya kinosi ham rivojlangan. Rossiyada «Mosfilm», «Lenfilm», «M. Gorkiy nomidagi kinostudiya», «Soyuzmultfilm» studiyasi, turli viloyatlarda badiiy va hujjatli filmlar studiyalari bor. Rejissyor, operator va boshqa kadrlar Moskvadagi Davlat kinematografiya institutida, stsenariychi va rejissyorlar 2 yillik oliy kurslarda tayyorlanadi. Bundan tashqari, Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Qozon, Voronej, Zagorskda kinotexnikumlar bor. O’zbekiston—Rossiya munosabatlari. O’zbekiston — Rossiya aloqalari uzoq tarixga ega. Oltin O’rda davlati Sohibqiron Amir Temur zarblari ostida barham topganidan keyin rus davlati bilan O’rta Osiyo o’rtasida elchilik munosabatlari o’rnatishga harakat boshlandi. Masalan, 1464 yil Rus hukumati o’z elchilarini bu yerga yubordi. 1490 yil temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-asr o’rtalarida rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Qozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon bir-biriga chegaradosh va qo’shni bo’lib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan manfaatdor edi. 16-asrning 2-yarmi, 17-18-asrlarda ikki o’rtada diplomatik va savdo-sotiq aloqalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida ko’rsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qo’qon xonliklaridan elchilar savdo-sotiqni ko’paytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai bo’lib qoldi. O’rta Osiyodan paxta, ipak va boshqalar yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yo’lga qo’yiddi. 1917 yil oktabr to’ntarishidan keyin O’zbekiston — Rossiya aloqalari Sovet xukumati siyosati doirasida yagona iqtisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yo’lida amalga oshirildi. 20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat o’rtasida teng huquqli aloqalar o’rnatila boshladi. O’zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1998, 2001 va 2004 yillarda Rossiyaga qilgan tashriflari, Rossiya Prezidenti V.Putinning 2000 va 2003 yillarda O’zbekistonda bo’lgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy asos yaratdi. 1998— 2007 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish haqidagi shartnoma bu asosni yanada kengaytirdi. Rossiya Federatsiyasi bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqdashtiruvchi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning ustun yo’nalishlarini belgilash, qulay hamkorlik shartsharoitlarini vujudga keltirishga, xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni xususiylashtirish jaraenlarida ishtirok etishiga, O’zbekiston va Rossiya regionlarining hamkorligiga ko’maklashish bilan shug’ullanadi. 2003 yil O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard 149,1 million AQSh dollariga yetdi. O’zbekiston Respublikasidan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va boshqalar yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yog’och, kimyo sanoati mahsulotlari va boshqalar keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining xamkorligi tufayli O’zbekiston Respublikasida 520 ta qo’shma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100% bo’lgan o’nlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, to’qimachilik, yog’ochni qayta ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, «Aeroflot», «AvtoVAZ», «Zarubej- neftgaz», «Lukoyl», «Texmashimpeks» va boshqalar o’z vakolatxonalariga ega. Rossiyada o’zbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qo’shma korxona bor. Ishlab chiqarish sohasida, ayniqsa, aviasozlikda avvalgi kooperatsiya aloqalari saqlanib qolgan. O’zbek gazini Rossiya orqali o’zga davlatlarga o’tkazish, shuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash sohasida o’zaro hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Rossiyaning «Gazprom» aktsiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan «O’zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi o’rtasida strategik hamkorlik qilish to’g’risida hamda «O’zbekneftgaz» bilan «Lukoyl» o’rtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea bo’ldi. Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmoqda. Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan O’zbekiston Respublikasiga delegatsiyalar kelib turadi, ular O’zbekiston Respublikasi xo’jalik yurituvchi sub’yektlari bilan o’zaro manfaatli shartnomalar tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, «UzDEUavto», «O’zavtoyo’l» bilan tuzilgan shartnomalar shu jumlaga kiradi. Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi supa platosida xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish to’g’risidagi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish bo’yicha olimlar hamkorligi bunga misol bo’ladi. Ikki mamlakat Fanlar Akademiyalari va ularning intlari ilmiy aloqalari yo’lga qo’yilgan. 2001 yil Fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi («Roszarubejsentr»)ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi yuklatilgan. «Roszarubejsentr» bilan O’zbekiston Badiiy Akademiyasi o’rtasida tuzilgan shartnomaga binoan turli tadbir, kecha va ko’rgazmalar o’tkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat va san’at, xususan, tasviriy va amaliy san’at vakillari o’zaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003 yil Moskvada J. Umarbekov va boshqa o’zbek rassomlarining ko’rgazmalari uyushtirildi. 1997 yildan boshlab O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Moskvadagi rassomlar Markaziy uyida har yili o’tkaziladigan nufuzli xalqaro ko’rgazmaning doimiy ishtirokchisidir. O’zbekiston Respublikasidagi rus madaniyat markazi va «Uzbekistan—Rossiya» do’stlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi.